Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Maxalliy emal gipoplaziyasini davolash
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxalliy emal gipoplaziyasini davolash. Bolaning yoshi, tishning shakli va o`lchamlarini inobatga olgan xolda zamonaviy plomba ashyolari: glassionomer(shisha ionomer), kompomer, kompozit materiallardan foydalanib tishlarning anatomik shakli tiklanadi, kosmetik va estetik nuqson va kamchiliklari bartaraf etiladi. 5.2.10. Emal to`qimasining o`choqli gipoplaziyasi odontodisplaziya, fantom tishlar, tugallanmagan odontogenez. O`choqli odontodisplaziyada o`ziga xos xususiyat bo`lib doimo tishlar chiqishini kechikishi, bir vaqtda chiqadigan yoki xar xil vaqtda chiqadigan tishning retensiyasi, o`z vaqtida yorib chiqmasligi xolati e’tiborga loyiqdir. Soglom bolalarda tishlarning mazkur patologiyasi nixoyatda kamdan-kam uchraydigan xoll bo`lib xisoblanadi. Shunday xollar qayd qilinganda patologik o`zgarishlar asosan kurak, qoziq tishlarda yoki doimiy chaynov tishlarda kuzatiladi. Kamdan-kam xollarda bir tomon jag`ning barcha tishlari shikastlanishi 113 amaliyotda uchragan. Bunda yuqori jag` tishlarida bunday xol ko`proq uchrashini amaliyot shifokorlari aloxida ta’kidlashadi. Mazkur patologiya oqibatida tish toj qismi o`zgarishga uchraganligi sababli tishlar o`lchamlari kichiklashgan, sarg`imtir tusli, notekis satxli, tishlarning anatomik shakli o`zgarganligi kuzatiladi. Emal to`qimasining siyqalanishi, tishlar orasida tremalar paydo bo`lishi xam e’tiborga loyiq xisoblanadi. Yonma-yon joylashgan tishlar guruxini bunday patologiyaga uchrashiga yuz-jag` soxasi travmasi, radioaktiv nurlanish, surunkali osteomiyelit sabab bo`lishi mumkin ekan. O`choqli emal gipoplaziyasida bolalar kosmetik nuqsonga, xarorat ta’siri, kimyoviy ta’sirotlar natijasida sodir bo`ladigan og`riqqa shikoyat qilishadi. Rentgen tasvirda tish ildizlari kalta, kanallari keng, tish bo`shlig`i keng, qattiq to`qimalar qavati yupqalashgan. Emal to`qimasining kalinligi xar xil yerda turlicha, zichligi xam har xil. Bularning barchasi mineralizatsiya jarayonini jiddiy buzilganidan darak beradi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling