Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Sistemali emal gipoplaziyasining likopchali shakli
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
5.2.5. Sistemali emal gipoplaziyasining likopchali shakli. Bunday nuqsonli xastaliklarda bir davrda rivojlanib mineral tuzlarga to`yinadigan, shakllanadigan tishlarning kesuvchi va chaynov yuzalariga parallel, asosan vestibulyar va lunj satxlarida likopchasimon chuqurliklar aniqlanadi. Nuqson likopcha shaklida bo`lib 1 dan 4tagacha devori mavjud bo`ladi. Ba’zan likopcha bo`shlig`ini emal parda ikkiga bo`lib, ajratib turishi xam mumkin. Agarda likopchali emal nuqsoni chaynov yuzasi va kesuvchi qirradan ma’lum masofada parallel joylashgan bo`lsa, aproksimal- kontakt yuzaga yetib bormagan bo`lsa, unda uning 4 devori mavjud bo`ladi. Nuqson kesuvchi qirrada joylashib, tishning kontakt yuzasiga 108 chiqmagan xolda uning 3 devori, bordiyu nuqson aproksimal satxga chiqqan bo`lsa yana uning 2 devori farqlanadi. Likopchasimon nuqson tishning kesuvchi qirrasida joylashib kontakt yuzaga ochilib chiqqan bo`lsa, u xolda uning faqat 1 devori mavjud bo`ladi. Mazkur nuqsonli xastalikda 6 tishlar do`mboqchalari, qoziq tishlar, ba’zan premolyar chaynov do`mboqchalari ingichkalashib o`tkir tikanak shaklini olishi yoki do`mboqchalar siyqalanib yo`qolib ketishi xususiy xol xisoblanadi. Bunda emal to`qimasining yupqalashuvi faqat nuqsonli soxada, likopchalar tubidagina emas fissuralar soxasida xam sodir bo`ladi. Ba’zi likopchalar tubida emal xaddan tashqari yupqalashgan yoki bo`lmasligi xam mumkin. Shu joylarda kariyes jarayoni kechayotganligini guvoxi bo`lamiz. Bolalar bunday nuqsonli xastaliklarda kosmetik nuqsonlarga, tish emalining siyqalanishiga, tish toj qismi yorilib, sinib tushayotganligiga, xaroratga nisbatan giperesteziyaga va kimyoviy sezgirlikka shikoyat qiladi. Sistemali emal gipoplaziyasining likopchali shakli ponasimon nuqson, yuza kariyes, o`rta kariyes, flyuorozning eroziyali shakli, maxalliy autosom-dominant gipoplastik irsiy tugallanmagan amelogenezlar bilan qiyosiy tashxislanadi. Rentgen tasvirda likopchasimon chuqurchalar soxasida onda-sonda ovalsimon qora dog`lar aniqlanadi. Ular asosan tish kesuv qirrasiga nisbatan gorizontal yo`nalishda joylashadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling