Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Dog` shaklidagi emal sistemali gipoplaziyasi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
5.2.2. Dog` shaklidagi emal sistemali gipoplaziyasi
Dog` shaklidagi emal sistemali gipoplaziyasi yengil shikastlanish turi bo`lib, tish emalining ma’lum soxasida rangini o`zgarganligi bilan tavsiflanadi. Gipoplaziyaning bunday turida bir davrda shakllanib chiqadigan tishlarning kesuvchi qirralari va chaynov yuzalarida daxliz yoki lunj satxida simmetrik bir xil topografik soxalarda dog`lar aniqlanadi. Tishlar toj qismida odatda bir, ikkita emal dog`lari mavjudligi kuzatiladi. Emal dog`lari oq sut rangida, ba’zan och jigarrang bo`lib yaltiroqligi buzilmagan. Emal qavatining kalinligi dog`li soxalarda o`zgarmagan bo`ladi. Bolaning butun xayoti davrida emal dog`lari ularning o`lchamlari, rangi o`zgarmaydi. Mazkur gipoplaziya dog`lari metilen ko`ki bo`yog`i bilan kariyes dog`idan farqli o`laroq bo`yalmaydi. Bemorlar dog`larga nisbatan kosmetik nuqson mavjudligiga shikoyat qilishi mumkin. Sistemali emal gipoplaziyasining dog`li shakli kariyesning dog`li shakli, flyuorozning dog`li shakli, autosom dominant gipomaturatsion irsiy tugallanmagan amelogenez bilan (qorli kepka*), o`choqli odontodisplaziya, maxalliy dog` shaklidagi gipoplaziya xastaliklari bilan 105 qiyosiy tashxis qilinadi. Rentgen tasvirda sistemali emal gipoplaziyasining mazkur shakli aniqlanmaydi. 5.2.3. Chuqurchalar shaklidagi sistemali emal gipoplaziyasi. Emal gipoplaziyasining chuqurchali shakli bir xil davrda shakllangan tishlarning ko`pchilik xollarda vestibulyar satxida emal yupqalashib unda chuqurchalar borligi bilan tavsiflanadi. Emal chuqurchalari kesuvchi qirralarga nisbatan gorizontal xolda joylashadi. Tishlar emal qavatida xosil bo`lgan bu chuqurchalar o`zaro qo`shilmaydi va zond yuritilganda devor va tub satxida xech qanday og`riq alomati sezilmaydi. Tishlarning tanglay va til satxida bunday emal chuqurchalari unchalik sezilarli darajada yaxshi aniqlanmaydi. Odatda chuqurchalar tubida karashlar mavjud bo`ladi. Ba’zi bir chuqurchalardagi pigmentlashgan soxalarda emal rangi o`zgargan bo`lib, tozalanganda ketmaydi. Tish emalida nuqsonlar bor joylardagina emal qalinligi yupqalashgan. Zond yuritilganda emal sillik, qattiq, zich bo`lishiga karamay nuqsonli soxalar kariyes jarayoniga berilishi, shu soxalarda kariyes kavaklari tez xosil bo`lishi mumkin. Bemorlar asosan bunday xollarda kosmetik nuqsonlarga, onda- sonda xarorat ta’sirotidan xosil bo`ladigan og`riqka shikoyat qilishadi. Tishlar emalining sitemali gipoplaziyasining chuqurchali shakli, aynan shu turdagi maxalliy gipoplaziya, autosom-dominant chuqurcha- egatchali irsiy tugallanmagan amelogenez, flyuorozning eroziyasimon shakli bilan qiyosiy tashxis qilinadi. Tish emalining sistemali gipoplaziyasining chuqurchali shaklida rentgen tasvirlarda nuqsonlarning chuqurlashgan soxalarida yakka- yakka gorizontal yunalgan qora dog`lar aniqlanishi mumkin. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling