Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
5.2.4. Tish emali sistemali gipoplaziyasining egatchali shakli. Emal nuqsonining bu turi uchun bir xil davrda shakllanib oxaklangan tishlar emal qavatida bir devorli yoki ikki devorli egatchalar mavjudligi xususiy xol xisoblanadi. 106 Agarda egatcha tishlarning kesuvchi qirrasida yoki chaynov do`mboqchalarida joylashgan bo`lsa, unda u bir devorli (yuqori yoki pastki), bu esa tishning qaysi jag`da joylashganligiga bog`liq. Bunda tish kesuvchi qirrasining yoki do`mboqchasining yupqalashishi hisobiga bir (kattaroq) tish ichidan ikkinchi (maydaroq) tish o`sib chiqayotgandek bo`lib tuyuladi. Bu esa o`z navbatida emal shakllanishi u boshlangan vaqtdan boshlab buzilgan, chunki tishlarda emal kurak tishlarda kesuvchi qirralardan o`z shakllanishini boshlaydi, chaynov tishlarda esa ularning do`mboqchalaridan boshlaydi. Egatcha shaklidagi emal nuqsonlari chaynov qirralarida ma’lum masofada joylashgan bo`lsa, ularda ikki devori va tubi farqlanadi (yuqori devor, pastki devor). Sistemali emal gipoplaziyasida egatchalar gorizontal yo`nalishda joylashgan bo`lib, kesuv qirrasiga va chaynov yuzasiga nisbatan bir xil masofada parallel xolda yotadi. Bunday nuqsonlar tish vestibulyar va lunj satxlarida yaxshi rivojlangan bo`ladi. Mazkur egatchalar zondlanganda tubida og`riq sezilishi mumkin, barcha satxi silliq, zichligi yuqori bo`ladi. Egatchalar tubida oson tozalasa bo`ladigan karashlar mavjud. Karashlar tozalangan joylarda pigmentatsiya soxalari mavjud bo`ladi. Pigmentlashgan soxani to`q yoki och rangi egatchalar chuqurligi bilan bog`liqdir. Ba’zan egatchalar tubida kushimcha chuqurchalar aniqlanishi to`qimada rivojlanish davrida moda almashinuv jarayonida chuqur o`zgarishlar bo`lganidan darak beradi. Nuqsonlar mavjud joyida emal to`qimasini yupqalashgani aniqlanadi. Sistemali emal gipoplaziyasida egatchalar bir xil davrda rivojlanib oxaklashadigan tishlarda yoki barcha tishlarda kuzatiladi. Mazkur nuqson rivojlanishi oltinchi tishlar chaynov do`mboqchalarini, qoziq tishlar, ba’zan premolyar tishlar do`mboqchalari xam ingichkalashuviga, tikanaksimon shaklgi ega bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu o`tkirlashgan uchli tishlar do`mboqchalari lunj, til shilliq qavatini tez-tez shikastlab turishiga sabab bo`ladi. Nuqsonli tishlar chaynov yuzasida emal qavati yupqalashgan, tikanaksimon do`mboqchalar va yupqalashgan kesuvchi qirralar yorilib sinib ajralishi tufayli tishlar anatomik shaklini o`zgarishiga olib keladi. 107 Bu o`zgarishlarning barchasi tishlarning o`lchamlarini kichiklashuviga sabab bo`ladi. Egatchalar chuqurlashgan joylarda kariyes jarayoni boshlanishiga sharoit tug`iladi. Ovqat qoldiqlari, yumshoq karashlar, mikroorganizmlarning bu nuqtalarda uzoq vaqt saqlanib turishi bijg`ish, kislotalar xosil bo`lishi va emal dentin demineralizatsiyasi bilan davom etadi, kariyes kavaklari paydo bo`ladi. Nuqsonlar bor joyda siyqalanish natijasida emal to`qimasi butunlay yemirilib ado bo`lishi oqibatida aplaziya soxalari yuzaga keladi. Bolalar kosmetik noqulayliklarga, tish toj kismlari sinib tushib ketishiga, tishlar siyqalanishiga, xarorat ta’sirida sodir bo`ladigan og`riqlarga shikoyat qilishadi. Emal sistemali gipoplaziyasining egatchali shaklini sirkulyar kariyes, autosom-dominant chuqurchali- egatchali irsiy tugallanmagan amelogenez bilan, faqat ayollarda uchraydigan yopishgan-X xromosomali dominant gipoplastik irsiy tugallanmagan amelogenez (yo`l-yo`l turi) kabi kasalliklar bilan qiyosiy tashxis qilinadi. Rentgen tasvirlarda egatchalar tubi soxasida gorizontal yo`nalgan qora yo`llar, shular fonida ko`rinadigan qora dog`lar almashinuv jarayonining chuqur buzilganidan darak beradi. Bu esa o`z navbatida xomilador ona, yoki yangi tug`ilgan bola boshidan kechirgan kasallikning og`irlik darajasi bilan bog`liqdir. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling