Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Tishlar emali flyuorozining og`irlik darajasi quyidagi xolatlar
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Flyuorozning V.K. Patrikeev (1956) buyicha tasnifi.
Tishlar emali flyuorozining og`irlik darajasi quyidagi xolatlar
bilan bevosita bog`liq bo`lishi mumkin: 1. Bola organizmining ftor intoksikatsiyasiga sezgirligi va qarshilik ko`rsatish turg`unligi: 2. Ichimlik suvidagi ftor miqdori va ichilgan suv miqdori: 3. Bolaning yoshi va uning umumiy axvoli, xolati: 4. Oshiqcha ftorning organizmga qanchalik uzoq muddat tushganligi: 5. Ftor tutuvchi ozik-ovqatlarni (dengiz balig`i, go`sht maxsulotlari va boshq.) ko`plab uzoq vaqt qabul qilish: 121 6. Erta sun’iy ovqatlar bilan bolani boqish. Flyuorozning V.K. Patrikeev (1956) buyicha tasnifi. 1. SHtrixsimon shakli: 2. Dog`li bo`rsimon xol-xol shakli: 3. Eroziyali shakli: 4. Destruksiyali shakli: 5. Aralash shakli: 5.4.1. Flyuorozning shtrixsimon shakli. Flyuorozning ushbu shaklida tish emalining yuza qavatida katta bo`lmagan ko`z ilg`ar-ilg`amas bo`rsimon chiziqlar shtrix shaklida mavjud bo`lib, yorug`lik tushish burchagi o`zgartirilganda yoki lupa ostida yaxshi ko`rinadi. SHtrixlar frontal tishlarning vestibulyar satxida ancha, yaxshigina shakllangan bo`lib ko`pchilik xollarda markaziy va ikkinchi yuqori jag` kurak tishlarni shikastlaydi, keyingi o`rinda pastki kurak tishlar turadi. SHtrixsimon flyuoroz bilan kasallangan tishlar emali yaltiroqligini yo`qotadi, tiniqligi ketadi, oqish bo`rsimon tusga kiradi. SHtrixsimon yo`llar vaqt o`tishi bilan yo`qolib ketishga moyilligi bo`ladi. Flyuoroz shtrixlari metilen ko`ki bo`qyogi bilan bo`yalmaydi. Bemorlar kosmetik nuqsonga, tishlarning yaltiroqligi, tinikligi yukolganligiga, rangi o`zgarganligiga shikoyat qilishadi. Rentgen tasvirda flyuorozning bu shakli aniqlanmaydi. 5.4.2. Flyuorozning dog`li shakli. Flyuorozning bunday shaklida tishlar emali satxida kichik o`lchamli, ko`plab chizikli yulsiz dog`lar mavjud bo`ladi. Emal yaltiroqligi, sillikligi o`zgarmagan. Dog`larning markaziy qismida rang kuyukrok bo`lib, dog` chetiga karab rang o`zgarishi kamayib boradi va yukolib emalning soglom qismi bilan bir xil tus olib ketadi. Mazkur xastalik barcha tishlarda, yoki bir vaqtda rivojlanayotgan, minerallashgan tishlar guruxida uchrashi mumkin. Bunda tishlar toj qismining bir qismi yoki butun toj qismi to`liq shikastlanishi bolaning 122 ftor miqdori kup bo`lgan ichimlik suvi iste’mol qilinadigan xududda qaysi yoshda va qancha vaqt yashaganliga bilan bog`liqdir. Flyuoroz dog`lari butun toj qismining barcha soxalarida uchrashi mumkin, lekin ular tishlarning daxliz va bo`yin satxida aniq ravshan kurinish oladi. Dog`lar bursimon, ba’zan och sarik tusda bo`ladi. Flyuoroz dog`lari turg`un, bir-biri bilan kushilib ketishi mumkin, kamdan-kam xollarda ularning uz-uzidan yukolib ketishi xam kuzatilgan. Mazkur flyuoroz dog`lari metilen kuki buyogi bilan bo`yalmasligi bilan kariyes dog`idan farq kiladi. Bemorlar kosmetik nuqsonga shikoyat qilishadi. Rentgen tasvirda xech qanday o`zgarishlar aniqlanmaydi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling