Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Sistemali emal gipoplaziyasini davolash
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
5.2.8. Sistemali emal gipoplaziyasini davolash. Bugungi kunda bemorlarga ko`rsatiladigan zamonaviy stomatologik yordam sistemali gipoplaziyada klinik belgilarni kay darajada rivojlanganligiga bog`liqdir. Kosmetika nuqtai nazardan tish emali nuqsonlarini bartaraf qilish uchun, bemor yoshini inobatga olgan xolda stekloionomer sementi, kompomer materiallar, kompozit materiallar, kimyoviy yoki nur yordamida kotuvchi plomba ashyosidan keng foydalaniladi. Kuchli rivojlangan destruktiv xolatlarda ortopedik yordam ko`rsatish xam tavsiya qilinadi. Yuqorida keltirilgan plomba ashyolari nuqsonlar charxlanib ma’lum shakl berilgach ajratuvchi tagliklardan foydalanilgan xolda kariyes kavaklarini davolagandek tishlarning anatomik shakli tiklanadi. Kosmetik nuqsonlar, dog`lar, rang o`zgarishlari bartaraf qilinadi. Sistemali emal gipoplaziyasi mavjud bolalar dispanserizatsiyada kariyes xavfi bor guruxga kiritiladi. 5.2.9. Tish emalining maxalliy gipoplaziyasi. Tish qattiq to`qimalari xastaligining bu turida mineralizatsiya jarayoning buzilishi xar xil sabablar oqibatida bir yoki ikkita tish emalida kuzatiladi. Emal maxalliy gipoplaziyasi tish follikulasi taraqqiyoti davrida mexanik shikastlanishi natijasida tish kurtagining 111 infeksiya tushishi oqibatida yallig`lanishi natijasida (surunkali periodontit davolanmasligi oqibati) yuzaga kelishi qayd qilingan. Sut tishlarda maxalliy emal gipoplaziyasi kamdan-kam xollarda: a) jag`larning mexanik travmasi oqibatida sinish chizigi kurtak soxasidan o`tsa; b) jag` suyaklarining yiringli yallig`lanishi (osteomiyelit); oqibatida sodir bo`ladi. Doimiy tishlarda maxalliy emal gipoplaziyasi tez-tez uchrab turishi amaliyot shifokorlari tomonidan e’tirof etilgan. Bunday xolga olib keluvchi sabablardan biri ildiz shakllangan sut tishining (ko`pchilik xolda oldingi kurak tishlari) mexanik travma oqibatida ildizning ichkariga koqilishi sababli doimiy tish kurtagini shikastlanishidir. Koqilish paytida doimiy tish kurtagini sut tishi ildizidan to`sib turuvchi kortikal suyak plastinkasi butunligi buziladi, oqibatda doimiy tish kurtagiga shikast yetadi, natijada kurtakning shikastlangan soxasida dog`, egatcha yoki chuqurcha paydo bo`ladi. Keyinchalik shu kurtagi shikastlangan doimiy tish chiqqanda toj qismi satxida dog`, egatcha yoki chuqurcha mavjudligi kuzatiladi. Dog` xar xil o`lchamli, shaklli, kamdan-kam xollarda rangi oq, odatda sarg`ish, jigarrang tusda bo`lib, yaltiroqligi bo`lmaydi. Shu soxalarda emal kalinligi o`zgarmagan bo`ladi. Chuqurcha, egatchalar soxasida, ularning tubida emal yupqalashgan va pigmentlashgan bo`ladi. Maxalliy emal gipoplaziyasida klinik belgilar rivoji, darajasi travma ta’sir kuchiga, yallig`lanish jarayonining og`irligi va xukm surgan vaqtiga bolaning yoshiga bog`liq bo`ladi. Kuchli mexanik travma, og`ir va uzoq kechgan yallig`lanish jarayonlari emal to`qimasining o`choqli yoki to`liq aplaziyasini sodir qilishi mumkin. Ayrim xollarda tish kurtagining ulishiga xam sabab bo`ladi. Ba’zan odatda uchramaydigan o`lchamli, shaklli Turner tishlari nomi bilan ma’lum tishlar yorib chiqadi. Emal to`qimasining chuqur shikastlangan soxalarida kariyes jarayoni kechib, kavaklar xosil bo`lishi mumkin. Bemorlar ana shunday tishlar soxasida kosmetik nuqsonga, tishlar sezgirligini oshganligiga, giperesteziyaga shikoyat qilishadi. Xarorat va kimyoviy ta’sirotlardan og`riqlar paydo bo`lishi ularni bezovta qiladi. Maxalliy emal gipoplaziyasining dog`li shakli, sistemali emal gipoplaziyasining shu xil shakli bilan, kariyesning dog`li boskichi bilan, 112 o`choqli odontodisplaziya bilan, autosom-dominant gipomaturatsiyali irsiy tugallanmagan amelogenez («qorli kepka») kabi xastaliklar bilan qiyosiy tashxis qilinadi. Maxalliy emal gipoplaziyasining chuqurchali va egatchali shakllarini sirkulyar kariyes, autosom-dominant gipoplastik chuqurchali- egatchali irsiy tugallanmagan amelogenez, chuqurchali, egatchali sitemali emal gipoplaziyasi bilan, autosom-dominant gipoplastik donador irsiy tugallanmagan amelogenez kasalliklari bilan qiyosiy tashxis utkaziladi. Rentgen tasvirda chuqurchalar va egatchalar soxasida qoramtir dog`lar yoki qoramtir tasmalar aniqlanadi. Ba’zi bir xollarda tish ildizining o`suvchi soxasining shikastlanganligi oqibatida tish ildizi shakllanmay qolganligini kuzatish mumkin. Tish ildizi atrofi suyak to`qimasida surunkali periodontit uchun xos bo`lgan rentgenologik o`zgarishlar mavjud bo`ladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling