Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   261
 
3Autosom-dominat gipoplastik silliq ITA. 
Mazkur kasallik mavjud bemorlarda emal to`qimasi tishning 
barcha satxi bo`ylab tekis yupqalashganligi natijasida tish toj qismining 
barcha o`lchamlari uning anatomik shaklini buzmagan xolda 
kichiklashadi. Bunda emal qoplamining rangi och-sariqdan och-
jigarranggacha o`z tusini o`zgartirganini shoxidi bo`lish mumkin. Emal 
to`qimasi qattiq, yuzasi silliq, juda tiniq va yaltiroq tarzda bo`ladi. Ba’zi 
bir tishlarda siyqalanish va mayda yoriqchalar borligi kuzatiladi. Tishlar 
orasida tremalar mavud bo`lib, ba’zi ta’sirotlarga nisbatan ularning 
yuqori sezgirligi-giperesteziyasi aniqlanadi. Mazkur xastalik sut 
tishlarida va doimiy tishlarda birdek uchraydi.
 
4Autosom – dominant gipoplastik donador ITA 
Bunday xastaligi bor bemorlar tishlarining toj qismi yuzasida 
ko`plab chuqurchalar va egatchalarning tartibsiz tarzda joylashganligi 


131 
kuzatiladi. Ushbu nuqsonlar chuqurligi xar xil bo`lib, o`lchamlari xam 
xar xildir. Egatchalar va chuqurchalar orasidagi emal donador xolda,
me’yoridagi qattiqlikda bo`lib dentin qavati bilan mustaxkam 
boylangan. Emal butun toj satxi bo`ylab, ayniqsa nuqsonlar soxasida 
ancha yupqalashganligi tufayli tishlar orasida tremalar mavjud.
Nuqsonlar mavjud bo`lmagan joylarda emal satxi tekis, silliq,
donachalar aniqlanmaydi. Nuqsonli tishlarda giperesteziya tashqi 
ta’sirotlarga nisbatan sezgirlik mavjud. Emalning yaltiroqlik sifati 
saqlangan. Bir bemorda xar xil gurux tishlarning rangi xar xil tonda – 
oldingi kurak tishlarda och-sariqdan, chaynov tishlarda qoramtir 
ranggacha o`zgarganligi kuzatiladi. Jaroxatli nuqsoni bor tishlarda 
mayda yoriqchalar borligi bilan birgalikda emalning patologik 
siyqalanish elementlari xam uchraydi. Bemor bolalar tishlarining toj 
qismi xar xil shaklga ega bo`ladi. Silindrsimon to`sinchalar shaklida 
yoki konus shakldagi tishlarni ko`ramiz. Tishlarning kesuv qirralari 
o`tmas dumaloq shaklni oladi. Oziq tishlar do`mboqchalari chaynov 
yuzasida o`tkir uchli – duksimon ko`rinishda bo`lishi qayd qilingan.
Bunday notekis relefli emal satxi mazkur tishlarda kariyes jarayonini va 
kariyes kovaklari mavjud degan yolg`on ta’surot tug`diradi. Vaqt o`tishi 
bilan chaynov do`mboqlari o`rnidagi o`tkir duksimon o`siqlar sinib, 
ajralib tushadi va natijada ular o`rnida dentin to`qimasi ochilib qoladi.
Bemor bolalar tishlaridagi giperesteziya xolatiga shikoyat qiladi.
Ochilib qolgan dentin rangining och yoki to`qligi uning ochilib qolish 
muddatiga va jaroxat chuqurligiga bog`liq bo`ladi. Bunday kasallik sut 
tishlarida xam, doimiy tishlarda xam kuzatiladi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling