Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Bemorning uchinchi-to`rtinchi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Bemorning uchinchi-to`rtinchi qatnovida og`iz bo`shlig`i
gigiyenasining darajasi nazorat qilinib, milk osti toshlarining qoldiqlari tozalanadi, kerak bo`lgan joylarda kyuretaj muolajasi takrorlanadi. O`tkazilgan muolajalar ta’sirini turg`unlashtirish maqsadida milk shilliq pardasiga gidrovibrovakum bilan massaj buyuriladi. Simptomatik davo- muolajalari davrida 3-4 hafta mobaynida askorbinat kislotasini (0,05-0,1 g) rutin preparati bilan birgalikda (0,2 - 0,5 - 0,6 g) kuniga 3 martadan ichish uchun buyuriladi. Ikkala preparat aralashmasi askorutin nomi bilan ma’lum. O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar 1. Parodont xastaliklarini davolashda og`iz bo`shlig`i gigiyenasining ahamiyati nimadan iborat? 2. Mahalliy ikkilamchi sabablarni bartaraf etish uchun qanday tadbirlar amalga oshiriladi? 3. Fiziomuolajalar milk to`qimasiga qanday ta’sir ko`rsatadi? 4. Parodont to`qimalarining yallig`lanish xastaliklariga qanday simptomatik davo tadbirlari qo`llaniladi? 5. Parodont to`qimalarining diffuz tarzida kechadigan yallig`lanish turlarini davolashda shifokor-pediatrlarnint hissasi nimalardan iborat? 189 6. Turli xil parodont xastaliklarida davo muolajalarining ta’siri haqida so`zlab bering. 7. Surunkali milk yallig`langanda va parodontit xastaligida parodont to`qimalaridagi klinik belgilar va rentgen tasviri ma’lumotlari haqida gapirib bering. Bu ikki xil xastalik birbiridan qanday ajratiladi? 8. Gingivit va parodontitning chegaralantan tarzda kechishining sabablari nimalardan iborat? 9. Diffuz tarzda kechadigan parodontit va gingivit sabablari to`g`risida gapirib bering. 10. Og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga rioya qilmaydigan maktab bolalarida gingivitning kaysi bir turi ko`proq rivojlanadi? 11. Lab va til tizimchalarining kaltaligida qanday gingivit rivojlanadi? 12. Tishlar chuqur qiyshayganda va ochiq tishlar holatida 12-14 yashar bolalarda kuzatiladigan gingivit turi to`g`risida gapirib bering. 13. Parodontoliz qanday xastaliklar oqibatida paydo bo`ladi? 14. Qaysi yoshdan boshlab bolalarda parodontoliz xastaligida suyak to`qimasida struktur buzilishi boshlanadi? 15. Parodontoliz xastaligining klinik belgilari haqida gapirib bering. 16. Rentgen tasviridagi parodoitolizga xos o`zgarishlar nimalardan iborat? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling