Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qoplovchi sohaga
- Chaynov shilliq pardasida
- Maxsus tekshirishlar
- Chaqaloqlik davrida
Xujayra elementlari: plazmatik hujayralar, limfotsitlar, semiz
hujayralar, fibroblastlar, makrofaglar, gistiotsit uchraydi. Og`iz shilliq pardasida maxsus tekshirishlar natijasida anotomik va fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib uch soha borligi qayd qilinadi: qoplovchi soha, chaynov sohasi va maxsus strukturaga ega bo`lgan soha: 1. Qoplovchi sohaga – lab, lunj, o`tuvchi burmalar, og`iz bo`shlig`ining tubi, yumshoq tanglay kiradi. 2. Chaynov sohasiga – milk va qattiq tanglay shilliq qavati kiradi. 3. Maxsus strukturali soha – bu til usti shilliq pardasi. Qoplovchi shilliq pardada epiteliy shoxlanishi uchramaydi, shilliq osti qo`shuvchi pardasi yaxshi rivojlangan. Chaynov shilliq pardasida epiteliy qavati shoxlanuvchi bo`lib, shilliq osti parda bo`lmaydi va u xususiy qavat orqali suyak usti pardasiga birikadi. Maxsus shilliq pardada ko`plab nerv oxirlari sezish qobiliyatiga ega bo`lgan maxsus so`rg`ichlar sifatida shakllangan: ipsimon, zamburug`simon, tarnovsimon, bargsimon. Bolalarda ularning yoshini oshib borishi bilan og`iz shilliq pardasida gistologik va gistoximik o`zgarishlar kuzatiladi. Maxsus tekshirishlar bunday o`zgarishlarni asosan uch davrda yaqqol ko`zga tashlanishini ko`rsatadi: 1. Tug`ilgandan 1 yoshgacha (chaqaloqlik, ko`krak davri). 2. 1 yoshdan – 3 yoshgacha – erta bolalik davrida. 3. 4 yoshdan – 12 yoshgacha – birlamchi va ikkilamchi bolalik davrida. Chaqaloqlik davrida shilliq pardaning umumiy tuzilishi bir xil. Faqat bu davrda epiteliy qavat va shilliq osti parda juda yupqa va nozik, hujayralar va tolalar sistemasi takomillashmagan. Shilliq parda epiteliysi glikogen va RNK ga boy. Qo`shuvchi to`qima va epiteliyda mukopolisaxaridlar ko`p. Shilliq osti qo`shuvchi 193 to`qimada takomillashmagan hujayralar ko`p bo`lib, ular asosan fibroblastlar, gistiotsit va limfotsitlardan iborat. Plazmatik hujayralar va labrotsitlar juda kam. Yuqorida ko`rsatilgan holat shilliq pardaning nozikligidan, ta’sirotlarga chidamsizligi, yengil jarohatlanishi bilan birgalikda yuqori tiklanish – regeneratsiya qobiliyati borligini ko`rsatadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling