Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Shilliq pardaning qo`shuvchi to`qimali asosida


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   261
Shilliq pardaning qo`shuvchi to`qimali asosida limfogistiotsitar 
elementlar oshib, tomirlar atrofini o`rab oladi va perivaskulyar 
infiltratsiya hosil qiladi. Limfogistiotsitar hujayralar to`plamini hosil 
bo`lishida 
bugungi 
kun 
adabiyotlarida 
oqsil 
almashinuvi 
va 
immunologik siljishlar sabab bo`lishi mumkin deb tushuntiriladi. Shu 
bilan birgalikda hujayralar to`plami antitelolar va maxsus globulinlar 
ishlab chiqarishi ham nazarda tutiladi. Bu jarayonda asosiy rolni 
limfotsitlar va plazmatik hujayralar o`ynaydi. 
Labrotsitlar soni esa erta bolalik davriga nisbatan kamayadi, biroq 
ularning faollik darajasi ancha oshib, sitoplazmasida geparin mahsuloti 
yig`ila boshlaydi. Geparin moddasi biologik aktiv bo`lib, himoya 
vositasi to`qima va qonda ajralib chiquvchi proteolitik va mukolitik 
fermentlarni neytrallab normallashtirib turadi. Shu bilan birgalikda 
to`qima metobolizmini tiklaydi. Bundan tashqari geparin kuchli allergik 
reaksiyalar hisoblanmish Artyus va SHvarsman fenomenlarini 
sekinlashgan antitoksik faktor sifatida tormozlaydi. 
Yuqorida bayon qilingan gistologik o`zgarishlar 8-12 yoshli 
bolalar 
organizmida 
o`tkir 
yallig`lanish 
jarayonlari 
ko`pincha 
surunkaliga aylanib ketishini ta’minlaydi. 


195 
Shunday qilib bayon qilingan gistofiziologik o`zgarishlarni 
bolalikning uch davriga nisbatan taxlil qiladigan bo`lsak va bu 
manzaralar bilan shu davrlarda bolalarda uchraydigan kasalliklar 
o`rtasidagi yoki salomatlik darajasi o`rtasidagi bog`lanishni tushunish 
uchun quyidagilarga e’tibor berilishi kerak: 
1 yoshgacha bo`lgan bolalarda: shilliq parda nozik, yupqa, 
yengil jarohatlanadigan, shilliq osti parda strukturasi takomillashgan
hujayralar glikogen va RNK ga boy, to`qimalarda yetuk oqsil va mukoid 
moddalar mavjud. Shuning uchun 1 yoshgacha bo`lgan bolalar og`iz 
shilliq pardasi virusli va mikrobli, bakterial kasalliklarga nisbatan 
turg`un bo`lishi bilan bir qatorda mexanik travma (til osti yarasi, Bednar 
yarasi va x.k.), hamda zamburug`lar chaqirishi mumkin bo`lgan (og`iz 
oqarishi-molochnitsa) kasalliklarga moyildir. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling