Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   261
Ko`krak yoshidagi bolalar og`iz shilliq qavatining asosiy 
xususiyatlari shundan iboratki, epiteliy va shilliq osti pardasi qalinlashib 
boradi, chaynov sohalarida va ipsimon so`rg`ichlar sohasida yassi 
epiteliy shoxlanishiga moyillik paydo qiladi, shu bilan bir qatorda 
glikogenning yo`qolishi kuzatiladi. Shilliq osti pardada qon tomirlar 
kamaya boshlaydi, hujayralar soni, ayniqsa plazmotsitlar keskin 
kamayadi. 
Bir yosh atrofidagi bolalar og`iz shilliq pardasi qo`shuvchi 
to`qimasida, uning asosiy moddasida oqsillarning kamayib ketishi ona 
organizmidan olingan tayyor himoya vositalarini yo`qolib borishini 
ko`rsatadi. Bu esa o`z navbatida organizmning immunobiologik 
xususiyatini bir muncha pasayganidan darak beradi. Bunday holat shu 
davrdan boshlab bolalarning tez–tez kasallikka chalina boshlaganligini 
tushuntirsa ajab emas. 
Erta bolalik yoshida (1-3 yosh) og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi 
aniq shakllanib bo`ladi: lab, lunj, til epiteliy qavatida glikogen juda oz 
miqdorda aniqlanadi, hujayralar sitoplazmasida RNK miqdorining 
oshmasligi shakllanishining turg`un bo`lishini ta’minlaydi. 
Qo`shuvchi to`qima tolalari nozik, ingichka bo`lib ma’lum 
yo`nalishlarda dastalanmagan to`rni hosil qiladi. Ko`shuvchi to`qima 
tolalari nozik, ingichka bo`lib ma’lum yo`nalishlarda dastalanmagan 
to`rni 
hosil 
qiladi. 
Qo`shuvchi 
to`qimaning 
asosiy 
moddasi 
mukopolisaxaridlar bilan to`yinmagan. Bazal membrana yumshoq 
shakllanmagan tolalardan iborat. 
1-3 yoshli bolalar og`iz shilliq pardasida hujayralar soni talaygina 
bo`lib, ular asosan so`rg`ichlar qo`shuvchi to`qimani va tomirlar atrofida 
joylashgan bo`ladi. Bu esa qon tomirlar o`tkazuvchanligi oshganligidan 
dalolat beradi. Bu yoshda qo`shuvchi to`qimada labrotsitlar soni oshadi 


194 
va ular asosan, qon tomir devorlari atrofida joylashgan bo`ladi. 
Labrotsitlar to`qimada gemeostaz buzilishida ma’lum ahamiyat kasb 
etadi. 
Plazmatik va gistiotsitit hujayralar sonining keskin ko`payib 
ketishiga sabab bo`lishi mumkin. Bunga misol bolalarda o`tkir gerpetik 
stomatitning kechishi va aynan shu yoshda juda ko`p (71,1 – 85 %) 
uchrashidir desak xato bo`lmaydi. 
Birlamchi (4-7) va ikkilamchi (8-12) yoshli bolalar og`iz shilliq 
pardasi ancha qalinlashgan, hujayralarda boshida (4-7) glikogen va RNK 
ko`payishi keyinchalik (8-12) ularning kamayishini kuzatish mumkin. 8-
12 yoshda to`qimalarda oqsil moddasining ko`payishi kuzatiladi. Bu 
yoshda bazal membrana qalinlashib zichlashadi, xususiy qavatida 
retikulin va elastik tolalar soni oshadi, kollagen tolalar takomillashgan 
bo`ladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling