Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Bob. OG`IZ BO`SHLIG`I SHILLIQ QAVATI
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7 Bob. OG`IZ BO`SHLIG`I SHILLIQ QAVATI
KASALLIKLARI. Stomatologiya amaliyotida «stomatitlar» atamasi og`iz bo`shlig`i shilliq qavati rang-barang kasalliklarining umumlashgan tushunchasi bo`lib, aniq biror - bir kasallikni aynan bildirmaydi. Og`iz bo`shlig`i shilliq qavati hazm qilish sistemasining boshlang`ich sohasi bo`lganligi sababli, bola tug`ilishi bilanoq turli mahalliy ta’sirotlar ta’siriga uchraydi. Bundan tashqari o`zining vazifalarini bajarish bilan birgalikda organizmda kechayotgan umumiy noxush jarayonlarning belgilarini ham o`zida aks ettirdi. Bunday holat og`iz bo`shlig`i shilliq qavatini organizm ichki dunyosining oynasi deb baholashda, ko`pgina hollarda to`g`ri deb tan olingan. Yuqoridagi fikrlarni hisobga olgan holda, og`iz bo`shlig`i shilliq qavatidagi o`zgarishlar va kasallik belgilarini tahlil qilish paytida stomatolog-shifokor shilliq qavatga ta’sir ko`rsatayotgan mahalliy sabablar bilan birgalikda organizmda kechayotgan umumuiy jarayonlarni ham albatta inobatga olmog`i zarur. Og`iz bo`shlig`i shilliq qavati kasalliklari barcha yoshdagi kishilarda uchraydi. Lekin bolalarda kechadigan bunday kasalliklar o`zining o`tkir kechishi, tez rivojlanishi va organizm umumiy ahvolining o`zgarishi bilan harakterlanadi. Bunday hollarda bolaning kechinmalari (anamnez) va ota-onalar bayon qilgan fikrlarni sinchiklab eshitib umumlashtirmoq, pediatrlar, infeksionistlar, nevropatologlar, endokrinologlar kabi mutaxassislar fikrini bilmoq maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari, qo`shimcha tekshirishlar (bioprobalar, sitologik tekshirishlar, biopsiya va boshqalar) o`tkazib, ularning natijalarini to`g`ri tahlil qilish kasallikka to`g`ri tashxis qo`yishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zi bir kasalliklar faqat bolalar yoshiga mansubdir. Bularga bir yoshgacha bo`lgan bolalarda uchraydigan tanglay yarasi (Bednar aftasi) yoki ko`pchilik hollarda bolalardagina qayd qilinadigan o`tkir gerpetik stomatit, og`iz bo`shlig`i shilliq qavatining qizamiq, qizilcha (skarlatina) va difteriya (burma) kasalliklaridagi shikastlanishlar misol bo`la oladi. 191 Shu bilan birgalikda stomatologiya amaliyotida bolalar yoshida uchraydigan leykoplakiya, haqiqiy (chin) po`rsildok kabi xastaliklar shilliq qavat jarohatlanishlari hisoblanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling