5) Mikroorganizmlarga qarshi ta’sir ko`rsatuvchi dori vositalari:
a) Trixopol – metronidazol — Oddiy bakteriyalarga nisbatan keng
spektrli ta’sirga ega. Parodontitlarda, gingivitlarda, yallig`lanishga
qarshi samarali vosita sifatida tish-milk cho`ntaklariga ishlov berish
uchun tavsiya qilinadi. Buning uchun: a)Trixopol tabletkalari suvda
eritilib parodontal cho`ntaklar yuviladi; v)tabletkalar ezilib poroshok
xoliga keltiriladi va malxam dorilarga aralashtirilib bog`lamlar xolida
ishlatiladi;
b) Xlorfillipt—Evkalipt daraxti barglari xlorofilini saqlovchi rangi
yashil eritma, kuchli bakteritsid ta’sirga ega, patologik cho`ntaklarga
ishlov berish uchun tavsiya qilinadi.
v) Antiseptiklar - (kaliy permanganat, vodorod peroksidi, furatsillin,
yodditsirin, yodinol, elyudril, sisial, maraslavin va boshq.) Tish-milk
cho`ntaklariga ishlov berish uchun, chayish uchun ishlatiladi.
g) Antibiotiklar—Asosiy bakteriyalarga, mikroblarga qarshi kuchli ta’sir
ko`rsatuvchi preparatlar xisoblanadi. Parodontologiya amaliyotida
ko`proq penitsillin guruxiga kiruvchi (metatsillin natriy, oksatsillin
natriy, ampitsillin); aminoglikozitli antibiotiklar guruxidan (neomitsin,
gramitsidin.). Makrolid –antibiotiklaridan –eritromitsin, roksitromitsin,
oleandomitsin kabilar tish-milk cho`ntaklariga eritmali ishlov berish
maqsadida, malxamli boylamlar tayyorlash maqsadida ishlatiladi.
Shuni esda tutish lozimki, bolalar yoshida ularni ishlatishdan oldin
organizm segirligi mazkur antibiotikka nisbatan albatta tekshirilishi,
so`rab surishtirilishi lozim. Chunki bolalar organizmi mazkur dori
darmonlarga nisbatan sezgirligi yuqori bo`lishi mumkin. Xar xil allergik
reaksiyalar bilan bir qatorda anafilaktik shok xolatini xam yuzaga
keltirishi mumkin.
6) Parodont to`qimasining regeneratsiyasini faollashtiruvchi dori
Do'stlaringiz bilan baham: |