Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   261
Atrofik gingivitlarda, ma’lumki tishlarda yumshoq karashlar va 
toshlar juda kam miqdorda hosil bo`ladi, yallig`lanish jarayoni klinik 


180 
belgilar bilan namoyon bo`lmaydi. Shularni nazarda tutgan holda, bu 
xastaliklarni bartaraf etishda asosan fiziomuolajalap (massajnint barcha 
turlari)dan foydalanish va darmondorili elektroforez tadbirlari bilan bir 
qatorda 
organizmning 
umumiy 
quvvatini 
oshiruvchi 
davolash 
tadbirlarini amalga oshirish zarurdir. Bu muolyajalarga qadar mahalliy 
sabablardan: tizimchalar korreksiyasi, daxliz shilliq pardasining 
plastinkasi va tish-jag` anomaliyalarini bartaraf qilish lozim. 
Bolalarda uchraydigan milk yallig`lanishlari mahalliy sabablarga 
ko`ra aniqlansa va bu sabablar bartaraf etilsa, mahalliy davo tadbirlari 
yordamida milk asl holiga keladi va jarayonning qaytalanishi 
kuzatilmaydi. Bemorlar 1-2 yil mobaynida dispanser nazorati ostida 
turishadi. Shifokor yallig`lanish jarayonining qaytalanmasligiga ishonch 
hosil qilgach, bolalarni dispanser nazoratidan o`chiradi. 
Milk yallig`lanishi jarayoni asosida ichki a’zo va sistemalarning 
umumiy xastaliklari aniqlanganda davo tadbirlaridan so`ng milklar tez 
orada sog`ayib ketadi. Biroq vaqt o`tishi bilan milklarda yallig`lanish 
belgilari yana qaytalanadi. Buning sababi, surunkali umumiy 
xastaliklarda kasallikdan to`liq sog`ayish hollari kamdan-kam sodir 
bo`lishidadir. Bunday bemor bolalar doimo dispanser nazorati ootida 
bo`lmoqlari lozim. 
Surunkali tarzda kechadigan milk yallig`lanishi (gingivitlar) 
bolalar va o`smirlarda parodontit xastaligini vujudga keltirmaydi. Bunda 
klinik yoki parodontal cho`ntaklar ham hosil bo`lmaydi. 
Parodontitni Davolash. Bu xastalik bolalarda onda-sonda uchrab, 
davolash jarayoni katta yoshdagi kishilarnikidan farq qilmaydi. Bunday 
bemorlar jarrox, terapevt, stomatolog ko`rigidan o`tishlari lozim. 
Mutaxassislar o`zaro fikrlashib, davolash tadbirlarini belgilashlari va har 
bir bemorga xususiy muolaja rejalarini qo`llashlari zarur. Parodontit 
xastaligini keltirib chiqaruvchi umumiy xastaliklar yoki sistema 
kasalliklari bilan og`rigan bemorlar kasalxonalarda davolanadilar. Qon 
kasalliklari 
bilan 
og`rigan 
bemorlar 
gematologiya 
bulimlarida 
gematolog-shifokorlar, ichki sekretsiya bezlari faoliyati buzilgan 
bemorlar esa endokrinologlar hamkorligida davolanadilar. 


181 
Umuman parodont xastaliklarida stomatolog-shifokor muolajalarni 
quyidagi sxema asosida amalga oshirishi: 
1) yallig`lanish jarayonini kuchaytiruvchi ikkilamchi sabablar 
(karashlar, toshlar, mikroorganizmlar)ni bartaraf etishi yoki og`iz 
bo`shlig`ining sanatsiyasini o`tkazishi; 
2) gingivitlarning turiga qarab, muolaja o`tkazishi; 
3) parodontal cho`ntaklarga ishlov berishi (kyuretaj qilish, 
antiseptik va ferment prelaratlari bilan yuvish); 
4) bemorni jarrox, ortodont va ortopedlar ko`rigidan o`tkazib, 
kerakli davo tadbirlarini o`tkazishi; 
5) pediatr bilan maslahatlashgan holda organizmning umumiy 
turg`unligini oshiruvchi parxez va vitaminlarni buyurishi; 
6) og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga muntazam ravishda rioya qilishni 
tayinlashi; 
7) tishlar butkul tushib ketgan taqdirda ortopedik, ortodontik 
yordam ko`rsatishi va bolalarda sun’iy jag`lar (protezlar) yilda kamida 
bir marta yangilanishini ta’minlashi lozim. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling