Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   261
 
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar: 
1. Surunkali milk yallig`langanda va parodontit xastaligida 
parodont to`qimalaridagi klinik belgilar va rentgen tasviri ma’lumotlari 
haqida gapirib bering. Bu ikki xil xastalik bir biridan qanday ajratiladi? 
2. Gingivit va parodontitning chegaralangan tarzda kechishining 
sabablari nimalardan iborat? 
3. Diffuz tarza kechadigan parodontit va gingivit sabablari 
to`g`risida gapirib bering. 
4. Og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga rioya qilmaydigan maktab 
bolalarida gingivitning qaysi bir turi ko`proq rivojlanadi? 
5. Lab va til tizimchalarining kaltaligida qanday gingivit 
rivojlanadi? 
6. Tishlar chuqur kiyishganda va ochiq tishlar holatida 12 – 14 
yashar bolalarda kuzatiladigan gingivit turi to`g`risida gapirib bering. 
7. Parodontoliz qanday xastaliklar oqibatida paydo bo`ladi? 


177 
8. Qaysi yoshdan boshlab bolalarda parodontoliz xastaligida suyak 
to`qimasida struktur buzilishlar boshlanadi? 
9. Parodontoliz xastaligining klinik belgilari haqida gapirib bering. 
10. Rentgen tasviridagi parodontolizga xos o`zgarishlar nimalardan 
iborat? 
 
6.10. Parodont xastaliklarini davolashning o`ziga xos xususiyatlari 
Parodont xastaliklarida o`tkaziladigan davo chora-tadbirlari ko`p 
qirrali bo`lib, mahalliy va umumiy harakterga ega. Agar xastalikni 
chaqiruvchi sabablar mahalliy xususiyatga ega bo`lsa, bemor bolalar 
stomatologik poliklinikalarda va kasalxonalarda davolanishadi. Bunda, 
asosan xastalik sabablarini aniqlab, ular bartaraf qilinadi, og`iz 
bo`shlig`i sanatsiyasi o`tkaziladi, bolalarga og`iz bo`shlig`i gigiyenasi 
qoidalari o`rgatiladi, tishlar yuzasi karashlar va toshlardan tozalanadi 
Ortodont-shifokor tomonidan tishlar va jag`larda uchraydigan anomal 
holatlar, noto`g`ri ortodontik konstruksiyalar ta’siri bartaraf etiladi 
jarrox shifokorlar mahalliy sabablardan: til, lab tizimchalaridagi 
anomaliyalarni 
bartaraf 
etish 
muolajalarini, 
og`iz 
daxlizini 
chuqurlashtirish kabi jarroxlik tadbirlarini amalga oshirishlari lozim. 
Ichki a’zo va sistemalar xastaligi oqibatida yuzagz kelgan parodont 
to`qimalaridagi 
o`zgarishlar 
sababini 
pediatrlar, 
endokrinolog-
shifokorlar, psixiatrlar, gematolog-shifokorlar bilan birgalikda bartaraf 
etish zarur. Bunday xastaliklarda stomatolog-shifokorlar mahalliy 
simptomatik muolajalarni amalga oshiradilar. 
Kataral milk yallig`lanishining yengil shaklida maxsus davo chora-
tadbirlari qo`llanilmaydi. Xastalikning kelib chiqishiga og`iz bo`shlig`i 
gigiyenasiga muntazam amal qilmaslik sabab bo`ladi Shu sababli 
gigiyena qoidalariga muntazam rioya qilishga o`rganish mos keladigan 
tish cho`tkasi va pastalardan to`g`ri foydalanish xastalikni bartaraf 
etishga olib keladi. 


178 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling