Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Markaziy asab sistemasi xastaliklarida parodont
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
6.9.5. Markaziy asab sistemasi xastaliklarida parodont to`qimasidagi o`zgarishlar Markaziy asab sistemasining tug`ma xastaliklarida parodont to`qimalarida yallig`lanish jarayonlari parodontoliz tarzida kechadi. Bu 174 jarayon oligofreniya (esi pastlik) mavjud bo`lgan bolalar orasida 61% ni, ensefalopatiyada 41,3% ni tashkil qiladi. Milklar qizarib shishadi, klinik va parodontal cho`ntaklar hosil bo`ladi. Milklarda yiringli yallig`lanish aniqlanib, tishlarning liqillab tushib ketishi kuzatiladi. Milklardagi yallig`lanish belgilari og`iz bo`shlig`ida fiziologik o`z o`zini tozalash jarayonining sustligi, og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga rioya qilinmasligi va kasallikni davolash uchun qabul qilinadigan dori darmonlar oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bu xastaliklar mavjud bo`lgan bemor bolalarda 57,4% hollarda tish atrofi to`qimalarining yallig`lanishi parodontoliz tarzida kechadi. 6.9.6. Qandli diabet xastaligida parodont to`qimasidagi o`zgarishlar Qandli diabet bilan og`rigan bolalarning parodont to`qimalaridagi yallig`lanish, destruktiv-distrofik va degenerativ jarayonlar davolanmagan yoki noto`g`ri davolangan bemor bolalar o`rtasida uchraydi. Bunday bemorlarda jarayon juda tez rivojlanib, kataral, gipertrofik-granulyatsiyalanuvchi milk yallig`lanishiga olib keladi. Milklar yallig`lanishi bilan bir qatorda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi qizaradi, ba’zan esa dog`li qizg`ish-eritema belgilari yuzaga keladi. Qandli diabet xastaligida atsidozli (kislotali) muhit vujudga kelishi oqibatida parodont to`qimalaridagi kollagen tolalar bo`kib, ularning yo`g`onlashuvi va g`ovaklashuvi natijasida parodontal cho`ntaklar hosil bo`lishi, granulyatsiyalanuvchi to`qima o`sib chiqishi kuzatiladi. Cho`ntaklarda yiringli ekssudat paydo bo`ladi. Tishlar liqillab, chaynov bosimiga bardosh berolmay, har tomonga qiyshayadi (patologik okklyuziya). Rentgen tasvirida molyar tishlar ildizini o`rab turgan alveolyar suyak o`siqlarida voronkasimon yoki likopchasimon, kurak tishlarning alveolyar o`siqlarida esa gorizontal yemirilishlar qayd etiladi. Bu xil yemirilishlar suyak cho`ntaklarining paydo bo`lishiga olib keladi. Tish ildizlarining 1/3, 2/3 qismigacha alveolyar suyak o`sig`ining yemirilishi, ba’zan suyak o`sig`ining batamom parchalanib, erib ketish hollari kuzatiladi. Suyak to`qimalarining so`rilish darajasi tishlar atrofidagi 175 milklarda sodir bulayotgan yallig`lanish jarayonining chuqurligiga mos keladi. Milklar va suyak to`qimalaridagi o`zgarishlar dastlab distrofik tarzda kechib, keyinchalik yallig`lanish jarayoni ham qo`shilishya tufayli shiddatli tus oladi. Suyak alveolyar o`siqlaridagi so`rilish jarayonini bir gurux olimlar moddalar almashinuvi buzilishining natijasi deb bilishsa, boshqa gurux olimlar diabet xastaligi oqibatida sodir bo`ladigan qon tomir devorlarining buzilishi (angiopatiya) deb bilishadi. Ushbu xastalikda suyak to`qimalarida yuz beradigan o`zgarishlar atsidoz muxit va natijada suyak to`qimasidan kaltsiy, fosfor tuzlarining erib chiqib ketishi sababli ro`y beradi. Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, diabet xastaligi oqibatida yuzaga keladigan parodont to`qimasidagi o`zgarishlar, ularda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan struktura buzilishlari va yallig`lanish jarayonlari bilan kechib, sanoqli yillar ichida tishlarning to`kilib ketishiga sabab bo`ladi. Qandli diabet xastaligini to`g`ri aniqlashda kasallik tarixini surishtirish, qon va siydikni tekshirishdan olingan ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling