Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
6.9. Parodontoliz.
Parodontoliz - bu bolalar o`rtasida onda-sonda uchraydigan, parodont to`qimasida distrofik va yallig`lanish jarayonlarini namoyon qiladigan va doimo diffuz tarzda kechadigan parodont xastaligidir. Parodont to`qimasining og`ir va juda tez sur’atlar bilan kechadigan bu xastaligi ko`p hollarda organizmdagi tug`ma sindromlarning yo`ldoshi tarzida yuzaga keladi. Parodontoliz xastaligida milklarning u yoki bu xil yallig`lanishi bilan bir qatorda, chuqur parodontal cho`ntaklar, alveolyar suyak o`sig`ining distrofik yemirilishi oldin sut tishlari sohasida, keyinchalik esa xastalikning uzluksiz davom etishi natijasida doimiy tishlar sohasida kuzatiladi. Xastalik shiddatli ravishda rivojlanib, tez orada tishlarning erta tushib ketishiga olib keladi. Parodontoliz bolalarda juda erta uchraydi va hamma bop tishlar parodont to`qimasida keng tarqaladi. Klinik kechishining sur’ati barcha tishlarda bir xil bo`lmasligi mumkin. Bu xol har xil gurux tishlar ildizini o`rab turuvchi alveolyar suyak to`qimasining anatomik tuzilishi va yoshga qarab uning strukturasining o`zgarishi bilan bog`liqdir. Bundan tashqari tishlarga o`z faoliyati paytida tushadigan bosimning turliligi va mahalliy noxush ta’sir qiladigan sabablarning mavjudligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Patomorfologik o`zgarishlardan parodont to`qimasida sodir bo`ladigan distrofik yallig`lanish va degeneratsiya (struktura buzilishi) jarayonlari asosiy o`rinda turadi.(67-rasm) Parodontoliz xastaligi bolalarda qandli diabet, tug`ma neytropeniya, immunologik tanqislik, Daun xastaligi, keratodermiya (Papiyon-Lefevr sindromi) va sklerodermiya (Xend-SHyuller-Krischen xastaligi) kabi kasalliklar mavjudligida kuzatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling