Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Xend- SHyuller-Krischen Xastaligi (Sindromi)
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
6.9.4. Xend- SHyuller-Krischen Xastaligi (Sindromi) Bu sindrom (simptomlar yig`indisi) ko`rsatilgan mualliflar tomonidan 1893 yilda kuzatilgan. Xastalik oqibatida parodont to`qimasidagi o`zgarishlar oldin yuqori jag` sohasida aniqlanadi. Milklarda seroz yallig`lanish paydo 173 bo`lib, keyinchalik milk so`rg`ichlarining gipertrofiyaga uchrab o`sishi natijasida yolg`on cho`ntaklar hosil bo`ladi va ular tezda parodontal cho`ntaklarga aylanadi. Milklar yallig`lanishi oqibatida, ular sathida zarg`aldok tusli karash bilan qoplangan yaralar paydo bo`ladi. Bu xil karash rangi yallig`lanish jarayonida hosil bo`ladigan ksantom hujayralari parchalanishining natijasidir. Og`izda qo`lansa hid paydo bo`ladi. Tishlar liqillab tushib keta boshlaydi. Rentgen tasvirida tish ildizlari atrofidagi alveolyar suyakda dumaloq yoki ovalsimon shakldagi suyak to`qimasining siyraklashuvi kuzatiladi. Siyraklashgan to`qima chegarasi tekis yoki jimjimali bo`lishi mumkin. Siyraklashib, so`rilgan suyak to`qimasi atrofida sog`lom to`qima ko`rinadi. Xastalik rivojlanishida organizmda yog`lar almashinuvining buzilishi yuz beradi. Natijada limfoid va retikulyar to`qima hujayralarida ko`plab lipid moddasi yig`iladi. Bu holat suyak to`qimalarida ham qayd etiladi. Bemor bolalar kasalxonaga yotqizilib obdon tekshirilganda, ularda qandsiz diabet, ekzoftalm belgilari, ko`pgina suyak to`qimalarida o`zgarishlar paydo bo`lganligini aniqlash mumkin. Qandsiz diabet xastaligining vujudga kelishi, ksantom hujayralarining kalla suyagidagi turk egari sohasida paydo bo`lishi va natijada gipofiz bezi faoliyatining buzilishi bilan izoxlanadi. Ekzoftalm belgisida ksantom hujayralari ko`z kosasida ko`plab paydo bo`ladi. Kalla suyagining yassi sohalarida 1-5 mm o`lchamlardagi, dumaloq, notekis chegarali, aniq ajralib turuvchi suyak tuzilishini yo`qotgan zonalar kuzatiladi. Shu bilan birga taloq va jigarning kattalashuvi, ko`pgina limfa tugunlarining yiriklashuvi, qonda xolesterin moddasining oshib ketishi, siydikda esa neytral yog` tomchilarining paydo bo`lishi hollari aniqlanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling