Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
x- gistiotsitoz xastaliklarida parodont to`qimasining yalpi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
6.9.3. x- gistiotsitoz xastaliklarida parodont to`qimasining yalpi
yallig`lanishi. Bugungi kunda mazkur guruxga kiruvchi kasalliklar (Taratыnov – eozinofil granulyomasi, Xend – Shiller – Krischen va Litterer – Ziv xastaliklari) kechishi, patologik jarayoniga limfoid, suyak to`qimasini 171 tortishi va ichki a’zolarda sodir qiladigan salbiy o`zgarishlarni hisobga olib to`rt xil klinik turga bo`linadi: I – Parodontoliz va biror bir skelet suyagining destruktiv jarohatlanishi - Taratыnov – eozinofil granulyomasi II – Parodontoliz va suyak sistemasining yalpi destruksiyasi - Xend – Shiller – Krischen sindromi III – Parodontoliz va suyak hamda limfatik sistemaning yalpi jarohatlanishi IV – Parodontoliz va suyak, limfatik sistema hamda ichki a’zolarning jarohatlanishi - Litterer – Ziv xastaliklari Kasallikninig boshlanishi birinchi turida (I) juda sekin boshlansa IV turida (Litterer – Ziv xastaligi) keskin shiddatli boshlanadi. Xastalikning birinchi belgilari bo`lmish uyquchanlik, bo`shashish, oriqlash, ishtaxa susayishi, uyquning buzilishi ko`pchilik hollarda umumiy pediatriyaga xos kasallik deb hisoblanadi. Keyinchalik bolalar terisida mayda toshmalar, papullalar yoki dog`lar paydo bo`lishi, ularni po`stloqlar bilan qoplanishi, po`stloqlarning qovjirab tushishi, teri tashlash hollari, ayniqsa kallaning sochli qismida, quloq orqasi, ko`krak terisida ko`proq uchraydi. Xastalikning IV shaklida bu klinik belgilar juda tez ko`payib unga og`ir limfodenit, stomatit, ekzoftalm, otit, chanqash, poliuriya, diareya, taloq va jigarning kattalashuvi va yurak qon tomir yetishmovchiligi belgilari qo`shiladi. Aksariyat hollarda kasallik o`tkir infeksiya xastaligiga o`xshab boshlanib, shiddatli tusda kechadi va noxush oqibatlar bilan tugashi mumkin. Bunday hollarda yarali nekrotik gingivit, stomatit va destruktiv o`choqlar nafaqat alveolyar suyak o`sig`ini, balki jag` suyagi tanasini, kalla suyagini va boshqa skelet suyaklarini ham jarohatlaydi. Bu narsa X – gistiotsitoz uchun xos hisoblanadi. X – gistiotsitozning II III shakllari patologik jarayonning unchalik keng tarqalmasligi (suyak to`qimasi bundan mustasno) bilan tavsiflanadi. 172 Bunda xastalik sekin, o`tkirlashuv jarayoni remissiyalar davri bilan almashinib kechadi. Jarayonning rivojlangan davri uchun ekzoftalm, chanqash (bola 10 litrgacha suv ichadi), taloq, jigar kattalashuvi, limfodenitlar, gigivit va stomatitlar harakterlidir. Xastalikning dastlabki davrlarida yuzaga keladigan gingivit boshqa belgilar (adinamiya, oriqlash, dermatit, limfodenit va boshqalar) bilan birgalikda xastalikka erta to`g`ri tashxis qo`yish uchun xizmat qilishi mumkin. Bu xastaliklarda parodontit – parodontoliz belgilari bo`lib: yarali gingivit, tishlarning qimirlashi, tish ildizlarining ochilib qolishi, chuqur, granulyatsiya to`qimasi bilan to`lgan tish milk patologik cho`ntaklarning mavjudligi, og`izdan qo`lansa hid tarqalishi hisoblanadi. Kasallik to`lqinsimon tusda kechadi va doimo skelet suyaklari, jumladan jag` suyaklarining jarohatlanishi xususiy xoldir. Rentgen tasvirlarda destruktiv suyak jarohatlanishining boshqa xastaliklardan farqi lakunar tipdagi suyak so`rilishi hisoblanadi, ayniqsa alveolyar suyak o`sig`i sohasida. Xastalikning I shakli (Taranыnov eoztnofil granulyomasi) surunkali yo`sinda kechib, skelet suyaklaridan faqat bittasini shikastlaydi va oqibati bilan ancha yengil hisoblanadi. Shu jarayon jag` suyagida kechsa, og`iz bo`shlig`ida suyak destruktiv jarohatlanish sohasida og`ir parodontoliz holati kuzatiladi. Mazkur xastaliklarni aniqlashda, ularga qarshi davo tartiblarini rejalashtirishda albatta pediatrlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarur. Chunki faqat og`iz bo`shlig`ida olib boriladigan simptomatik davo choralari yaxshi samara bermaydi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling