Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Surunkali gipertrofik gingivit
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
6.7.1. Surunkali gipertrofik gingivit.
Bunday xastalik chegaralangan va diffuz (keng tarqalgan) tarzda kechishi mumkin. Chegaralangan gingivit chaqiruvchi sabablardan: prikus patologiyasi (anomaliyalar),ortodontik vositalar, tishprotezlarini noto`g`ri tayyorlash hamda kiydirish va shu kabilarni ko`rsatish mumkin. Diffuz yallig`lanishga balog`at yoshi arafasida ichki sekretsiya bezlarida sodir bo`ladigan o`zgarishlar, S vitaminining organizmdagi tanqisligi, tutqanoq xastaligida uzoq vaqt dilantin preparatini qabul qilish, ba’zi bir qon xastaliklari sabab bo`ladi. Umumiy xastaliklar asnosida yuzaga kelgan yallig`lanishga mahalliy sabablar ham qo`shilsa, unda milk shilliq pardasidagi o`zgarishlar ancha kuchaygan holda namoyon bo`ladi. Gipertrofik gingivitning granulyatsiyalanuvchi va fibrozli turlari farq qilinadi. Xastalikning granulyatsiyalanuvchi turida ba’zan butun milk sathi bo`ylab qo`shuvchi tuqima o`sib ketadi va unda ko`p suyuqlik yig`iladi, natijada milklar shishib, kattalashadi va tishning toj qismini qoplaydi. Bunday o`zgarishlar soxta milk cho`ntaklarini hosil qiladi. To`qimaning o`sib, gipertrofiyaga uchrashi hisobiga tish-milk cho`ntaklari chuqurlashadi. Milk so`rg`ichlari to`q qizil tusga kiradi, og`riq sezgisi sustrok bo`ladi. Ovqatni tishlash, chaynash paytida, tish tozalanganda, ayrim hollarda qonash belgilari kuzatiladi. 165 Gipertrofik gingivit fibroz tarzda kechganda, shilliq parda xususiy qavat qo`shuvchi to`qimasining o`sishi, unda kollagen tolalar ko`payishi va ularning bo`kib, shishishi oqibatida milk alveolyar qismining massasi ortadi. Paypaslaganda uning zichligi anchagina oshganligini, ko`zdan kechirganda shilliq parda rangining och pushtiligini ko`ramiz. Gipertrofiyaga uchragan milk to`qimasining ular o`rab turgan tish tojlarini qay darajada qoplaganini nazarda tutib, xastalikning yengil, o`rta va og`ir bosqichlarini aniqlashimiz mumkin. Xastalikning granulyatsiyalanuvchi turida milk to`qimasidan biopsiya olinib, to`qimada kechayotgan patomorfologik o`zgarishlar ko`zdan kechirilganda so`rg`ichlarda suv yig`ilishi, qon tomirlarining kengayishi, kollagen tolalarning o`sib ketib bo`kishi kabi hollarni, limfoleykotsitar infiltratsiyasini, fibroblast hujayralar soni oshganligi (proliferatsiya) ning shoxidi bo`lamiz. Xastalik fibroz tarzda kechganda milk shilliq pardasining xususiy qavatidagi kollagen tolalarning ko`payishi va yo`g`onlashuvi, epiteliy to`qimasida akantoz belgisini (epiteliy qoplami tikanaksimon hujayralar qavatining qalinlashuvi), giperkeratoz, hujayralarda vakuolli distrofiya sodir bo`lish belgilarini ko`ramiz. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling