159
Quyidagi misolga qarang:
M R
A
PMA ko`rsatkichi=(2+2+2+2+1+1+1+1+3+3+3+3) *100=33,3%
3*24
Demak, bu misoldan ko`rinib turibdiki, 12 ta tish atrofidagi milk
to`qimasi yallig`langan va u umumiy milk sathining 33,3 foizini tashkil
qiladi (og`izda 24 dona tish mavjud). Milk shilliq pardasi lyugol eritmasi
bilan bo`ladi.
Milklarda qon oqish darajasini aniqlash
Qon oqish belgilarining mavjudligini bemordan so`rab-surishtirilib
aniqlanadi.
I darajali holatda qon oqish belgisi juda kam hollarda bemor shikoyatida
keltiriladi.
II darajali holat tishlar tozalanganda har gal aniqlanadi.
III darajalisida qon oqish belgisi o`z o`zidan yoki ovqat chaynaganda
kuzatiladi.
Komplek periodontal indeks(KPI) ni aniqlash.
Leus P.A.(1988) tomonidan taklif qilingan kompleks periodontal indeks
tish atrofi to`qimasi xolatini sifat va miqdor jixatdan to`laqonliroq
xarakterlash uchun 12 yoshgacha bo`lgan bolalarda qo`llaniladi.
Mazkur indeksni aniqlash odddiy stomatologik instrumentlar yordamida
amalga oshiriladi. 3-4 yoshli bolalarda 55, 51, 65, 75, 71, 85; 7-11 yoshli
bolalarda 16,11, 26, 36, 31, 46 tishlar atrofidagi parodont to`qimalari;
o`smir va katta yoshli bolalarda 17/16, 11, 26/27, 36/37, 31, 46/47
tishlar atrofidagi to`qimalar tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: