Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Parodont xastaliklari tasnifi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   261
6.2. Parodont xastaliklari tasnifi. 
I. Gingivit - milkning mahalliy va umumiy noxush ta’sirotlar 
ostida tish, milk cho`ntagining butunligi bilan kechuvchi yallig`lanish 
jarayonidir. 
Shakllari: kataral, gipertrofik, atrofik. 
Kechishi: o`tkir, surunkali, qaytalovchi. 
Ko`lami: chegaralangan, diffuz.
Klinik darajasi: yengil, o`rta og`irlikda, og`ir. 
II. Parodontit - periodontal boylam va suyak to`qimasining 
buzilishi bilan birgalikda namoyon buluvchi parodont to`qimasining 
yallig`lanish jarayoni. Kechishi: o`tkir, surunkali, o`tkirlashuvchi 
(jumladan yiringli-absseseli), qaytalanuvchi. 
Klinik darajasi: yengil, o`rtacha og`irlikda, og`ir.
Ko`lami: chegaralangan, diffuz (keng tarqalgan). 
III. Parodontoz - parodont to`qimasining yallig`lanishsiz distrofik 
jarohatlanishi. 
Klinik darajasi: yengil, o`rtacha og`irlikda, og`ir. 
Kechishi: surunkali, qaytalovchi. 
Ko`lami tarqalgan (diffuz). 
IV. Parodont to`qimasining tez kechuvchi neoplastik (ideopatik) 
yallig`lanish jarayonlari. Bularga Papiyon-Lefevr, Xend-Krischen-
Myuller 
(X-gistiotsitoz) 
sindromlari, 
akatalaziya, 
neytropeniya, 
gammaglobulinemiya 
xastaliklarida 
yuzaga 
keladigan 
parodont 
to`qimasidagi kuchli o`zgarishlar kiradi. 
V. Parodontomalar-parodont to`qimasining o`smalari, 
Yuqorida bayon qilingan parodont xastaliklarining turlanishi
ularning klinik kechishi va morfologik o`zgarishlarini baxolab, 
yallig`lanish, distrofik va usma jarayonlarini o`zida to`g`ri aks ettiradi. 
Xastaliklarga bunday nuqtai-nazardan qarash uni to`g`ri tushunib, 
shunga yarasha aniq to`g`ri ta’sir qiluvchi davo chora-tadbirlarini 
tanlashda muhim omil bo`lib hisoblanadi. 


148 
6.3. Parodont kasalliklari etiologiyasi. 
Xastalikni to`g`ri aniqlashda uning ko`lamidan tashqari, keltirib 
chiqaruvchi shart-sharoitlarni (etiologiya), xastalikning klinik kechishini 
(surunkali, o`tkirlashgan surunkali, turg`un bosqichi), darajasini (engil, 
o`rta, og`ir) hamda yallig`lanish jarayonining klinik va morfologik 
belgilari (serozli, yiringli, nekrozli, proliferatsiya) ni nazarda tutmoq 
lozim. 
Bolalarda kechadigan parodont to`qimasining xastaligi bir qator 
o`ziga xos xususiyatlarga egadir. 
Xastalikning barcha shakllarida yallig`lanish jarayoni kuzatilib, u 
asosiy o`rinni egallaydi. Parodontoliz va neoplastik jarayonlar bolalar 
yoshida kam uchraydi, parodontoz xastaligi esa uchramaydi deb 
hisoblanadi. Milkning ustki qismida toshlarning yig`ilishi faqat katta 
yoshdagi o`smir bolalarda kattalarga nisbatan ancha kam uchraydi.
Bolalar yoshida uchraydigan parodont xastaliklarini aksariyat 
hollarda mahalliy (og`iz bo`shlig`idagi) noxush sabablar yuzaga 
keltiradi. Shu bilan birgalikda organizmning umumiy kasalliklari ham 
bolalar yoshida parodont kasalligini keltirib chiqarishi ko`plab 
kuzatiladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling