Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Doimiy
tishlar davrida parodont suyak to`qimasining shakllanmaganligi g`ovak suyak strukturasi va qattiq suyak to`sinchalarining rentgen tasvirda aniq ravshan ko`rinishi va funksional holati bilan baxolanadi. Yuqori jag` suyagi hamda pastki jag`ning frontal sohasi odatda kichik halqali strukturaga ega bo`lsa pastki jag` chaynov sohasi suyagi yirik halqali suyak strukturasiga ega bo`ladi. Tishlar orasi alveola suyak to`sinining balandligi har xil darajada bo`lib, u tishlar shakli va ular orasidagi masofaga bog`liqdir. Odatda alveola o`sig`ining cho`qqisi emal – sement chegarasida joylashadi. Tremalar mavjud bo`lgan taqdirda emal – sement chegarasidan pastroqda ham joylashuvi mumkin. Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar bolalar yoshida parodont tuzilishi, shakllanishi, ma’lum bir yoshga yetguncha muntazam o`zgarishda bo`lish qonuniyatining mavjudligini va u aloxida tish, tishlar shakllanishi va tish – jag` sistemasi shakllanish dinamikasi bilan bog`liq ekanligini ko`rsatadi. Parodont to`qimasi majmui vakillari (milk, alveola suyagi, periodont, sement) o`zining aloxida tuzilish strukturasi, shakllanish va rivojlanish davriga ega bo`lishidan qat’iy nazar, anatomik jihatdan har xil to`qima vakili bo`lmasin ularda, anastamozlar shaklidagi qon, limfa tomirlar sistemasi, nerv elementlar majmui orqali ularning bir – biri bilan umumiy bog`langanligi va oralaridagi chegaralarni yo`qolishiga olib keladi. Bu esa parodont to`qimalari majmui patologik jarayonlarda mazkur to`qimalarning bir xil javob reaksiyasini ta’minlaydi. Ta’sirot parodont to`qimasining qaysi bir elementiga ta’sir etmasin uni sezish va unga javob berish barcha strukturalar kompleksining aks – sadosiga 147 aylanishi va parodontit sifatida klinik belgilar bilan yuzaga kelishini ta’minlaydi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling