Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   261
Maxalliy sabablar:
1. Tishlardagi karashlar, toshlar. 
2. Bir tomonlama ovqat chaynash. 
3. Og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga rioya qilmaslik. 
4. Noto`g`ri qo`yilgan osilib turgan plombalar 
5. Noto`g`ri o`rnatilgan ortodontik appapatlar (koronka, yoylar, 
briketlar va h.k.). 
6. Til va lablar tizginchalarining anomal holati. 
7. Og`iz daxlizining kichikligi. 
8. Chuqur prikus. 
9. Ochiq prikus. 
10. Jag`larning to`liqmas taraqqiyoti. 
11. Tishlar qatori anomaliyasi. 


149 
Bunday hollarda patologik yallig`lanish jarayonining ko`lami 
kichik, chegaralangan bo`lib, u parodont to`qimasining shu noxush 
sabab tufayli ta’sir qilib turgan sathidagina aniqlanadi. 
Umumiy sabablar: 
1. 
Pubertat 
taraqqiyot 
davrida 
garmonal 
o`zgarishlar 
(infantilizm, erta ro`y beradigan jinsiy taraqqiyot, xayz buzilishi va h.k.) 
2. 
Endokrin bezlar xastaligi (miksedema, gipofizar nanizm, 
epidemik buqoq, Itsenko-Kushing xastaligi). 
3. 
Markaziy nerv sistemasi xastaliklari (Daun
kasalligi-oligofreniya va boshqalar). 
4. Qandli diabet kasalligi.
5. Xazm sistemasi kasalliklari. 
6. Qon sistemasi xastaliklari
7. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi 
8. Har xil sistemali – ideopatik xastaliklar (X-gistiotsitoz, Papiyon-
Lefevr sindrom iva h.k.) 
Umumiy sabablar oqibatida yuzaga keladigan parodont kasalliklarining 
ko`lami tarqalgan bo`lib, barcha tishlar atrofida rivojlanishi mumkin. 
6.4. Parodont kasalliklari patogenezi 
Yallig`lanish jarayoni bilan kechuvchi parodont xastaliklariga milk 
yallig`lanishi (gingivit) va parodontit kiradi. Bulardan gingivit kasalligi 
kengrok tarqalgan bo`lib, butun dunyo sog`liqni saqlash tashkilotiiing 
2007 yilda e’lon qilingan ma’lumotiga qaraganda bolalar va o`smirlar 
o`rtasida 80% ga qadar aniqlanadi. Bu xastalik bolalarda ko`proq doimiy 
tishlar shakllangandan keyin yuzaga keladi va asosan surunkali tarzda 
kechadi. 
Bolalar o`rtasida uchraydigan surunkali milk yallig`lanishining 80-
85% i kataral yallig`lanishga, 12-15% i esa-gipertrofik va atrofik 
turlariga to`g`ri keladi, 15 yoshli bolalarda parodontit xastaligi 3-5% ni 
tashkil qilishi mumkin. 


150 
Og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga muntazam ravishda rioya qilmaslik 
oqibatida tishlar yuzasida yumshoq karashlar hosil bo`ladi, bu esa o`z 
navbatida milklarning serozli kataral yallig`lanishiga olib keladi. 
Bunday hollarda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi ko`zdan kechirilganda 
milklarning shishinqirab qizarishi, ayniqsa ularning tishlar orasida 
joylashgan so`rg`ich qismida va ba’zan qirg`oq qismida yaqqol 
namoyon bo`ladi. 
Ovqat 
ko`pincha 
og`iz 
bo`shlig`ida 
kasallangan 
(pulpit, 
periodontit) tishlar mavjud bo`lgan hollarda faqat bir tomondagi 
jag`larda chaynalishi sababli ovqat chaynalmaydigan jag` tishlarining 
atrofini o`rab turgan parodont to`qimasida yallig`lanish hollari 
kuzatiladi. Ovqat chaynalmaganligi sababli parodont to`qimasida qon 
aylanishi va to`qimalar oziqlanishn buziladi, tishlarda ko`plab yumshoq 
karashlar paydo bo`ladi. Natijada milklar qizarib shishinqiraydi va 
yumshaydi. Tish karashlari tozalanayotganda qonash belgilari paydo 
bo`ladi. 
Lab va til tizginchalarining kaltalashuvi va yo`g`onlashuvi ham 
serozli kataral yallig`lanishni keltirib chiqaradi. Oqibatda bu xol pastki 
kurak tishlar atrofidagi milk to`qimasining atrofiyasi (pasayishi) ga olib 
keladi. Bunday hollarda markaziy kurak tishlarning toj qismi haddan 
tashqari uzaygandek tuyuladi. Milk to`qimasining ana shunday 
chegaralangan holda pasayishi retraksiya deb ataladi. 
Ba’zan pasgki lab tizimchasi milk shilliq pardasining yuqori 
qismiga - cho`qqisiga (me’yorda lab tizimchasi milkning o`rta qismiga 
birlashgan bo`ladi) yopishgan bo`lsa, shu chegaralangan milk sathida 
yallig`lanish jarayoni vujudga keladi. Bunday jarayonlarga lablar 
harakati paytida milk so`rg`ichlarining tish sathidan ajralishi va natijada 
kengaygan milk-tish cho`ntagiga ovqat qoldiqlarining kirib qolishi, 
ularning bijg`ishi (chirishi) va mikroorganizmlar ko`payishi sabab 
bo`ladi. Bunday sharoitda milk shilliq pardasi muntazam ravishda 
jarohatlanadi va yallig`lanish jarayoniga uchraydi. Uzoq vaqt davom 
etgan bunday holat natijasida klinik yoki parodontal cho`ntaklar hosil 
bo`ladi va bu belgilar chegaralangan parodontit xastaligi yuzaga 
kelganligidan dalolat beradi. 


151 
Kichik og`iz daxlizi. Bunday anomaliya (me’yordan chetga chiqish 
holati) jag` suyagi alveolyar o`sig`i kam rivojlanishining natijasidir. 
Milk shilliq pardasi alveolyar suyakka yopishgan qismining balandligi 
bunday paytda 1-3 mm ga teng bo`ladi va dahliz chuqurligi kamayadi. 
Ovqat chaynash, mimik harakatlar paytida milkning qirg`oq va so`rg`ich 
qismi tish sathidan ajraladi. Yallig`lanish jarayoni yuqorida ko`rib 
o`tilgan yo`ldan boradi va chegaralangan gingivit yoki parodontit 
xastaliklarining yuzaga kelishini ta’minlaydi. 
Tish-jag` sohasining anomaliyalari va deformatsiyalari. Bunday 
me’yordan chetga chiqish hollari bolalapda ko`p uchraydi. Natijada 
ba’zi bir gurux yoki aloxida tishlarga tushadigai bosim (ovqat chaynash 
paytida, jag`lar yumilganda) me’yordan oshib ketadi. Fiziologik 
faoliyatiing tishlar o`rtasida noto`g`ri taqsimlanishi natijasida parodont 
to`qimasida noxush, chegaralangan patologik vaziyat yuzaga keladi. 
Yuqori kurak tishlarining tishlar yoyidan ichkariroqda, tanglay 
sohasida o`sib chiqishi natijasida pastki kurak tishlar ovqatni kesish 
paytida odatdan ko`proq gorizontal bosim qarshiligiga uchraydi. Bu xol 
shu tishlar atrofidagi milk to`qimasida atrofiya belgisini keltirib 
chiqaradi. Bunday jarayonning uzoq vaqt davom etishi pastki kurak 
tishlarni o`rab turuvchi suyak to`qimasining so`rilishiga (rezorbsiya) 
sabab bo`ladi. 
Oldingi kurak tishlarning haddan tashqari chuqur prikusi natijasida 
jag`lar bir-biriga tegib turganda (og`iz berk holatda), ovqat mahsulotlari 
tishlab kesilayotgan hollarda bu tishlarga me’yordan ortiq og`irlik 
tushadi. Shu bilan bir qatorda milklarning surunkali jarohatlanib turishi 
kuzatiladi. Yuqorida bayon qilingan sabablar tufayli oldingi kurak 
tishlar atrofini qopla6 turgan milk yallig`lanib, uning shishinqirab 
qizarishi, ya’ni gipertrofik gingivit xastaligi kuzatiladi. 
Yana bir me’yordan chetlashish holati tishlarning bir-biriga og`iz 
bekitilganda tegmasligi yoki ochiq tishlar yoyi anomaliyasida faoliyat 
paytida tishlarga fiziologik bosim tushish; tarqalmaydi. Fiziologik 
jarayonda to`liq ishtirok eta olmagan tishlar atrofidagi milk to`qimasida 
qon aylanishi va oziqlanish jarayonlari buzili6, kataral yallig`lanish yoki 
milk to`qimasining gipertrofiyasi sodir bo`ladi. Anomaliya holati 


152 
bartaraf etilmagan taqdirda, chegaralangan parodontit xastaligi 
rivojlanadi. Oqibatda parodontal cho`ntaklar hosil bo`ladi va tishlar 
qimirlaydigan bo`lib qoladi. Rentgen tasvirida periodontal tirqishning 
kengayganligini va alveolalar o`rtasidagi suyak to`sig`ida, ayniqsa uning 
o`rta qismida suyak to`qimasining siyraklanish (osteoporoz) belgilarini 
ko`ramiz. 
8-12 yashar bolalarda jag` suyaklari rivojlanishining orqada qolishi 
oqibatida tishlar tig`izligi kelib chiqadi. Natijada bunday holat milkning 
kataral, keyinchalik gipertrofik yallig`lanishiga olib keladi. Ana shunday 
anomaliyalar mavjud bo`lgan bolalarda 13-15 yoshlar atrofida 
parodontit belgilari paydo bo`lganligini rentgen tasvirlaridan bilib olish 
mumkin. Alveolyar to`siqlarning cho`qqi qismida so`rilish (rezorbsiya) 
sodir bo`lishi oqibatida, ularning o`lchamlari pasayadi, parodontal 
cho`ntaklar hosil bo`ladi. 
Gingivit va parodontitlarni yuzaga keltirishda tish usti karashlari 
muhim o`rin tutadi. Ayniqsa ular tarkibidagi mikroorganizmlar (Str. 
Sangues, Vas. melanogenicus, Astinomyces viskozus va boshqalar). 
Mazkur mikroorganizmlar parodont yumshoq va qattiq to`qimalarida 
destruktiv jarayonlarni vujudga keltirishadi, suyak to`qimasining 
yemirilishiga olib keluvchi sharoit yaratishadi. 
Ma’lumki bir qator mikroorganizmlar majmuasi bevosita suyak 
to`qimasi osteoklast hujayralarini faollashtirishi qkibatida suyak 
to`qimasinig so`rilishiga olib keladi. Bundan tashqari mikroblar 
organizmda immunologik o`zgarishlar vujudga keltirib, limfotsitlar 
sensibilizatsiyasi natijasida limfokin ishlab chikilishi ham osteoklast 
hujayralarini faollashtiradi. 
Har qanday patogen mikroorganizmlar chaqirgan yallig`lanishi 
jarayonidek, parodont to`qimalarining ham yallig`alanishi faqat 
mikroblar mavjudligidan tashqari umum organizm qarshilik kuchi bilan 
ham bog`liqdir. Yallig`lanish jarayonining o`tkirligi, klinik, morfologik 
hususiyatlari va yallig`lanish oqibatlari qanday kechishini, organizm 
reaktivlik holati aniqlab beradi. 
Bugungi kunda zamonaviy ma’lumotlarga tayangan holda parodont 
patogenezini 4 etap-davrga bo`lishi mumkin. 


153 
Birinchi davr-bunda bakteriyalar, ayniqsa Streptococcus mutans va 
zamburug`lar pellikkula bilan qoplangan tish yuzasiga juda jips yopishib 
koloniyalar hosil qilishadi. Shundan so`ng boshqa mikroorganizmlar 
qo`shilishi, ularning o`sib ko`payishi, tish karashning hajmini har 
taraflama oshishi, shu jumladan tish ildiziga qarab siljib ko`payishi 
kuzatiladi. Milk suyuqligi o`sish va xemotaksis faktorlari aerob va 
anaerob 
mikroorgnizmlarni 
milk-tish egatchasiga 
migratsiyasini 
(initilishini) ta’minlaydi. Bu mikroorganizmlar tish bo`yin qismi sathiga, 
cho`ntaklar epiteliysiga yopishib olib, milk suyuqligini oqishiga 
to`sqinlik qila boshlashadi. 
Ikkinchik 
davr-mikroblar 
invaziyasi 
davri 
bo`lib, 
bunda 
patogenlashgan infeksiya yoki ular toksini milk shilliq qavatiga botib 
kirib, xatto alveola suyak usti pardasigacha yetib borishadi. 
Uchinchi davrda-bu patogen mikroblar ular toksinlari ta’sirida 
to`qima hujayralarining o`limi, parchalanishi bilan tavsiflanadi. Bu 
davrda ikki xil mexanizm ishga tushishini hisobga olmoq lozim: a) 
mikroorganizmlar yoki ular hayot foliyati natijasida ajratgan 
mahsulotlarning 
bevosita 
ta’siri; b) organizmning umumiy 
reaktivligidan kelib chiqqan bilvosita ta’sirotlar. Bevosita ta’sir bu-
ekzotoksinlar va gistolitik fermentlar (bakterial kollagenaza) ta’sirida 
to`qimaning erishi va destrukiyasidir. Bundan tashqari baktriyalar 
ishlab chiqqan vositalar organizmda toksik mahsulotlar ishlab 
chiqilishiga va ular ta’sirida ham to`qimalar parchalanishi, o`limi, sodir 
bo`lishi mumkin. Misol uchun, tish karashlari bakteriyalari ajratadigan 
ekzotoksinlar makrofaglar faollashuviga turtki bo`lib, natijada ular 
kollagenaza fermentini ishlab chiqarishadi va to`qima erib, parchalana 
boshlaydi. 
To`rtinchi davr-to`qimalarning tiklanish davri. Parodont shilliq 
pardasi tiklanib, epitilizatsiya jarayoni faollashadi. Bu davrda 
gistologik va klinik ma’lumotlar parodont yallig`lanishi davrida 
o`tkirlashuv va yaxshilanish fazalari bir necha bor almashinuvi 
mumkinligini ko`rsatadi. Tuzalish (remissiya) fazasida yallig`lanish 
kamayishi, milk, to`qimasini kollagen tolalar yordamida tiklanishini 
(fibroz milk), shu bilan bir qatorda alveolyar suyak ustida rentgan 


154 
tasvirlarda suyak to`qimasining me’yoriy buzilishlari, strukturalar 
soyasida o`zgarishlar mavjudligi seziladi. 
Parodont yallig`lanishi patogenezidagi yuqorida zikr etilgan 
davrlarni har doim aniq ajratib bo`lmaydi. Sababi: 
a) mikroorganizmlarning karashlar ustida koloniya hosil qilishi 
barcha davrlarda davom etadi; b) mikroorganizmlar invaziyasi va 
to`qimalar parchalanishi bir vaqtda davom etishi mumkin; v) mikroblarni 
to`qimaga botib kirishini ta’minlovchi faktorlar (milk o`tkazuvchanligini 
oshishi) parodontit kelib chiqishida muhim o`rin tutsa kerak. Parodont 
to`qimasining tiklanish davri boshqalardan aniq ajralib turadi va 
to`qimalar strukturasini buzilishi davridan so`ng sodir bo`ladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling