Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Balog`at yoshi davrida o`smir yoshlar organizmida sodir
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
6.5. Balog`at yoshi davrida o`smir yoshlar organizmida sodir bo`ladigan o`zgarishlar. Jaxon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga binoan balog`at yoshida kechadigan somatik, psixologik va ijtimoiy mukammallashish jarayonlarini inobatga olgan xolda o`smirlik davri 10- 20 yoshlarni o`z ichiga olishini 1977 yilda ekspertlar tomonidan ma’lum qilingan. Aynan shu davrda inson organizmi, uning a’zolari va sistemalari morfologik va funksional struktura jixatdan shakllanishini tugallanishi markaziy nerv sistemasi, neyro-endokrin sfera, vegetativ- asab, immun tizimidagi o`zgarishlar bilan bevosita bog`liq xolda kechishi tekshiruvlar asosida isbotlangan. Ko`pgina klinik va eksperimental kuzatuvlar miya po`stlog`ining jinsiy yetilishida muxim axamiyat kasb etishini tasdiqlaydi. O`spirinlik davrida miya po`stloq qismi o`zining shakllanishini tugallashi bilan bir qatorda yangi o`tkazuvchi yo`llar, ayniqsa assotsiativ muloqot yo`llari vujudga kelishini ta’minlaydi. Miya po`stlog`ini po`stloq osti soxasi bilan bog`lovchi yo`llar, oraliq miyani gipofiz bilan bog`lovchi bog`lar takomillashadi. Adenogipofiz massasi ikki barobar oshib, funksional xolati faollashadi. Adenogipofiz tomonidan somatotrop (STG) va tireotrop (TTG) garmonlarini ishlab chiqarish kuchayadi. STG garmoni ta’sirida o`smirlar tana o`lchamlarining jadal o`sishi kuzatiladi. O`rtacha ularning bo`yi yiliga 8-10sm ga cho`zilishi kuzatilgan. 155 TTG garmoni o`z navbatida qalkonsimon bez faoliyatini oshirib, tireoid garmonlar sekretsiyasini kuchaytiradi. Bu esa o`z navbatida o`spirin organizmi to`qimalarida kechadigan modda almashinuvi jarayonlarini keskin faollashuviga sabab bo`ladi. Balog`at yoshi davrida, jinsiy yetilish jarayoni gipotalamo-gipofizar- germinativ sistemaning faoliyat boshlashiga turtki bo`ladi. Gipotalamus faoliyatining faollashuvi gonadotrop garmonlarini ishlab chiqarishni va uning siklik jarayonini ta’minlaydi. Gipofiz tomonidan ishlab chiqarilgan gonadotrop garmonlari (FSG, LG) o`g`il bolalar va qizlar jinsiy endokrin bezlari (qizlarda tuxumdon, o`g`il bolalarda urug`don) faoliyatini oshiradi. Bular o`z navbatida to`qimalarda mikrotsirkulyatsiyani kuchaytirib modda almashinuvini tezlashtiradi, shilliq qavatlar giperplaziyasi va gipertrofiyasini ta’minlayd. Bunda kechadigan garmonal o`zgarishlar, to`qimalardagi o`zgarishlar og`iz bo`shlig`i shilliq pardasiga xam, shu jumladan parodont to`qimalarida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni yuzaga keltiradi. Mazkur jarayonlarda esterogen va testosteron jinsiy garmonlari muxim o`rin tutadi. O`smirlik davrida sodir bo`lib yuzaga keladigan neyro-endokrin xolat bu davrdagi immun sistema faoliyatiga xam o`z ta’sirini ko`rsatadi. Balog`at yoshida sodir bo`ladigan neyro-endokrin o`zgarishlar immun sistemada ijobiy xolatlarni yuzaga keltirishi bilan birgalikda ko`pgina salbiy xolatlarga xam sababchi bo`lish ko`pgina tekshirish va kuzatishlarda aniqlangan (YU.E.Valtishev 1996; V.F.Chebotarev 1979; While va Kent 1977; Pierpady 1976; O.V. Zaratyans 1990; Sastro 1974; va x.k.). Ayniqsa, mazkur o`zgarishlar oqibatida ayrisimon (timus) bezning shu davrda involyutsiyaga uchrashi immun sistemasi tizimida katta yo`qotish xisoblanadi va bu xolat balog`at yoshida insonlarning immunologik qobiliyatni ancha pasayishiga olib kelishi aniqlangan. Balog`atga yetish davrida timus faoliyatini pasaytiruvchi va immun sistemaga susaytiruvchi ta’sir ko`rsatuvchi quyidagi xolatlar yuz beradi: 1. Paratireoid garmon - timusda atrofiya chaqiradi, T-limfotsitlar sonini kamaytiradi va timusning gumoral faktori sirkulyatsiyasini susaytiradi. 156 2. Kortikosteroidlar (buyrak usti bezi garmonlari) – eng kuchli garmonal faktorlar xisoblanib, limfoid to`qima proliferatsiyasini va faoliyatini pasaytiradi. Limfotsitlarni timogen va steroidlarga sezgirligini pasaytirib, ularni ko`plab o`limiga sabab bo`ladi. 3. Testosteron – limfoid to`qima faoliyatini susaytirib immun javoblarni kamaytiradi. Buning isboti – kastratsiya qilingan hayvonlarda immun qobiliyat keskin ko`tariladi. 4. Progesteroning – immunitetga supressiv – susaytiruvchi ta’siri dozasiga bog`liq. 5. Androgenlar – parasimpatik nerv sistemasi tonusini kuchaytirish orqali immun sistemaga kuchli supressiv ta’sir ko`rsatadi. Balog`at yoshi fiziologik xususiyatlarini o`rganish va kuzatish natijasida, mazkur davrda inson organizmining reaktivligini o`zgartiruvchi, rezistentligini (kasalliklarga nisbatan turg`unligini) pasaytiruvchi xolatlarga, immunologik yetishmovchiliklarga quyidagi sabablar asos bo`lishi e’tirof etilgan: 1. Gipotalamo-gipofizar majmua faolligini oshishi FSG, LG, STG, AKTG, jinsiy va boshqa xil garmonlarni ishlab chiqarilishini kuchayishiga olib keladi. 2. Mazkur davrda garmonal disbalanslar, katabolik jarayonlarni kuchayishi turg`unlikni pasayishiga olib keladi. 3. Mazkur yoshda (10-16) psixo-emotsional xolatning turg`unmasligi, surunkali stress xolati, AKTG va katexolaminlarning ko`plab ishlab chiqarish radikallarning erkin oksidlanishiga sabab bo`ladi. Bu sharoitda antioksidantlarning yetishmovchiligi xujayralar, jumladan immun xujayralari membranasini shikastlanishiga olib keladi. 4. Monotsitlar faoliyatning buzilishi (fagotsitoz). 5. Timus involyutsiyasi sababli immunitetning xujayraviy zvenosini keskin susayishi, immunoglobulinlar ishlab chiqarilishining pasayishiga olib keladi. 6. Markaziy asab sistemasida po`stloq-po`stloq osti qismlari munosabatlarining buzilishi asab sistemasini adaptatsion qobiliyatini susaytiradi. 157 Xulosa qilib aytganda balog`at yoshida sodir bo`ladigan asab sistemasidagi, garmonal, endokrin, nerv-endokrin, immunologik tizimlarda yuz beradigan o`zgarishlar o`smir, o`spirinlar organizmida jismoniy o`sish, jinsiy balog`atga yetish, ikkilamchi jinsiy a’zolarning shakllanishi va boshqa voyaga yetish xolatiga olib keluvchi o`zgarishlarga olib keladi. Shu bilan bir qatorda mazkur o`zgarishlar ko`pchilik xollarda immunologik tizimning faoliyatini susayishiga, timus involyutsiyasini ta’minlovchi sharoitlarga sabab bo`lishi organizm reaktivligini oshishiga va turg`unligini pasayishiga sabab bo`lar ekan. Shuning oqibatda balog`at yoshi davrida insonlarning har xil kasalliklarga chalinishga bo`lgan moyilligi ortadi. Shu jumladan bunday xolatni og`iz bo`shlig`i a’zolarida ayniqsa parodont to`qimasida yaqqol kuzatish mushkullik tug`dirmaydi. Bu xolat balog`at yoshida parodont kasalliklari o`smir yoshlar orasida 60-70% ni tashkil etishini tushintirsa ajab emas. Bolalar o`rtasida mahalliy sabablar chegaralangan yoki o`choqli parodont xastaligini vujudga keltiradi. Umumiy sabab asosida sodir bo`lgan parodont yallig`lanishi ko`pchilik holda diffuz tarqalgan bo`ladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling