Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Keratodermiya (Papiyon - Lefevr Sindromi)
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.9.2. Nasldan naslga beriluvchi neytropeniyada parodont to`qimasining yalpi yallig`lanishi.
6.9.1. Keratodermiya (Papiyon - Lefevr Sindromi)
Bu parodont xastaligi 1924 yilda Papiyon va Lefevr tomonidan kuzatilgan. U genetik asosga ega bo`lib, sababi aniqlanmagan kasallikdir. Xastalikning birinchi belgilari og`iz bo`shlig`ida birinchi sut tishlarining chiqishi bilan aniqlanadi. 2-3 yashar bolalarda milk to`qimasi yallig`lanib, shishinqirab qizaradi, qonash belgisi paydo bo`ladi. Parodontal cho`ntaklar hosil bo`lishi va ularning yoshi oshgan sari chuqurlashuvi, ulardan serozli ekssudat ajralishi kuzatiladi. Milklarda yiringli bo`shliqlar (abssess) paydo bo`ladi. Tishlar liqilla6 tushib ketadi. Tishlar tushib ketganda yoki ular olib tashlanganda jarayon to`xtab, yangi tishlar chiqishi bilan ular atrofida yana yangitdan boshlanadi va shu tariqa barcha tishlar tushib ketgunicha davom etadi. Rentgen tasvirida molyar tishlar atrofidagi suyak to`qimasida likopchasimon, kurak tishlar atrofida gorizontal yo`nalishdagi suyak to`qimasining yemirilishini (lizis) kuzatamiz. Parodont to`qimasining bunday xastaligida oyoq va qo`llarning kaft yuzasida, ba’zan bilak terisida kuchli shoxlanish natijasida terining qalinlashuvi (giperkeratoz) va bu sohalar terisi sariq novvot chirishi shifokor e’tiboridan chetga qolmasligi lozim. Qalinlashgan va sog`lom teri chegarasida xastalik uchun xos bo`lgan xavorang-qizg`ish hoshiya hosil bo`lishp qayd etiladi. Bemor bolalarda kuchli terlash belgisi paydo bo`ladi. Bundan tashqari, tirnoqlar xiralashib, mo`rt bo`lishi, tez-tez qonishi kabi belgilar qayd etiladi. Bemor bolalarning umumiy ahvoli o`zgarmaydi, biroq tishlar liqillab, ularning faoliyati pasayishi oqibatida ovqatlanish jarayoni susayadi. Buning natijasida bemorlarda anemiya va gipotrofiya belgilari kuzatiladi. 6.9.2. Nasldan naslga beriluvchi neytropeniyada parodont to`qimasining yalpi yallig`lanishi. Bu nasldan naslga o`tuvchi, bolalar o`rtasida juda kam hollarda kuzatiladigan kasallik bo`lib, qonda va suyak ko`migida neytrofil leykotsitlar (oq qon tanachalari) ning kamayib ketishi bilan kechadi. 170 Qon tarkibida neytrofil leykotsitlar sonining keskin kamayishi, ularning hosil bo`lish jarayonining buzilishi natijasida kuzatiladi. Olimlarning taxminicha, buning asosiy sababi neytrofil leykotsitlarning yetilish jarayonini ta’minlovchi fermentlaryaing organizmdagi tanqisligidir. Neytropeniya xastaligi turg`un va siklik klinik ravishda kechadi. Kasallikning ikkala turida ham parodont to`qimasida yarali milk yallig`lanishi, tishlarning chiqish va almashinuv davrlarida kuzatiladi. Xastalangan milk keyinchalik giperplaziya oqibatida qalinlashib, oldiniga milk cho`ntaklari, keyinchalik parodontal cho`ntaklar hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Xastalikning bunday belgilarini yosh bolalarda 3 yoshdan boshlab kuzatish mumkin. Bemorning tishlari xastalik oqibatida juda erta to`kilib ketadi (shu jumladan doimiy tishlar ham). Qo`yilgan sun’iy jag`lar (protezlar), ortodontik vositalarning milklarga tegib turgan sohalarida milk to`qimasi yallig`lanib, shilinish va yaralar hosil bo`ladi. Uzoq vaqt mobaynida olib borilgan yallig`lanishga qarshi davo choralari va epiteliy to`qimasining tiklanishini ta’minlovchi muolajalar yaxshi natijalar bermaydi. Laboratoriya usulida bemor qonini taxlil qilish va olingan ma’lumotlar tashxisni to`g`ri aniqlashda yordam beradi qon taxlili ma’lumotlari undagi neytrofil leykotsitlar (ayniqsa xastalikning dastlabki davrida) to`liq rivojlanmagan turlarining yo`qolib borayotganligini ko`rsatadi. Xastalikning davriy turida bunday xol 4-5 kun davom etadi va yana ma’lum kunlar o`tgach takrorlanadi. O`rtacha xuruj vaqtida bemorning tana harorati ko`tarilib, umumiy ahvoli keskin yomonlashadi. Qon tarkibida leykotsitlar soni keskin pasayib, monotsitlar va eozinofillar soni bir muncha oshadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling