Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Parodont to`qimasi tasvirini rentgen nurlari yordamida o`rganish


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   261
Parodont to`qimasi tasvirini rentgen nurlari yordamida o`rganish 
Bugungi kunda parodont to`qimasining rentgen tasviri quyidagi 
usullar yordamida o`rganiladi va baxolanadi. 
1) og`izning ichki tomonidan; 2) jag` ustki tomonidan; 3) panoram 
rentgen tasviri; 4) ortopontomograf tasvir (yuz-jag` to`qimalarining 
qavatma-qavat tasviri); 5) telerentgenograf tasvir; 6) elektrorentgenograf 
tasvir. 
Bolalarda parodont to`qimasining tasvirini olishda og`iz ichidan 
(57,58- rasmlar) va panoram (59-rasm) usullardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. 
Rentgen tasvirida parodont to`qimasidagi o`zgarishlar g`alvirsimon 
suyak to`qimasida, tishlar orasidagi alveolyar suyak o`sig`ining 
cho`kqilarida destruktiv jarayonlar va osteoporoz (suyak to`qimasi 
strukturasining siyraklashuvi) singari belgilarning kuzatilishi bilan 
baxolanadi (59-rasm). 
59-rasm. Pastki jag` tishlar alveolyar o`sig`ida destruktiv, 
osteoporoz o`zarishlar. Panoram rentgen tasviri. 


162 
Suyak to`qimalaridagi destruktiv buzilish jarayoni to`rt bosqichdan 
(boshlang`ich, I, II, III) iborat. 
Jarayonning boshlang`ich bosqichi alveolalar o`rtasidagi suyak 
to`sinchalarning qisman yoki to`liq destruksiyasi bilan harakterlanadi. 
Bunda to`sinchalar cho`qqi qismida suyak destruksiyasi bo`lmasligini 
yoki yengil osteoporoz o`zgarishlarni kuzatish mumkin. Agar suyak 
to`qimasining destruksiyasi yoki osteoporozi to`sinchalarning 1/3 
qismida kuzatilsa, xastalik I darajali, 2/3 qismida kuzatilsa II darajali, 
2/3 
qismdan 
ko`prog`ida 
bo`lsa 
xastalikning 
III 
darajali 
jarohatlanganligini bilish mumkin. (57- rasm). 
6.7. Milklarning surunkali kataral yallig`lanishi 
Keltirib chiqargan sabablarga ko`ra, mahalliy (chegaralangan) va 
diffuz (keng tarqalgan) bo`ladi. Malalliy milk yallig`lanishlari asosan 
mahalliy noxush ta’sirotlar oqibatida yuzaga keladi. Noxush 
ta’sirotlardan mikrobli blyashkalar, tish toshlari, kariyes kovagining 
o`tkir qirralari, osilib turuvchi plombalar, ortodontak vositalar, metall 
yoki plastmassadan tayyorlangan tojlar, shuningdek tishni davolash 
jarayonida ishlatiluvchi kimyoviy moddalarning (mishyak, formalin) 
milkka tushishi shular jumlasidandir. 
Diffuz yallig`lanish hazm sistemasining bir qator xastaliklarida (surunkali 
dizenteriya, gepatit, xoletsistit, surunkali kolit), organizmda kislorod tanqisligida 
(yurak-qon tomir xastaliklari), markaziy asab sistemasi kasalliklarida, balog`at 
yoshidagi ichki sekretsiya bezlari faoliyatining o`zgarishida, S vitamini 
tanqisligida va surunkali yuqumli xastaliklarda yuzaga keladi. Bayon qilingan 
kasalliklar organizmning, jumladan parodont to`qimasining mikroblarga 
nisbatan turg`unligini susaytiradi.(43-rasm) Shuning uchun bu xastaliklarda 
kelib chiqqan surunkali milk yallig`lanishini umumiy belgilar sifatida nazarda 
tutish lozim va uni bartaraf qilishda mahalliy choralar bilan birgalikda asosiy 
kasallikni aniqlab, davo tadbirlarini qo`llash zarur. 
Surunkali milk yallig`lanishida bemorda shikoyat bo`lmasligi 
mumkin. So`rab-so`rishtirilganda og`izda noxush ta’m borligini, noxush 
hid paydo bo`lganligini, axyon-axyonda ovqat chaynash paytida milk 
qonaganligini va sezilar-sezilmas og`riq paydo bo`lishini aniqlaymiz. 


163 
Bunday bemorlarda xastalikning boshlanish davrida milk 
so`rg`ichlarining shishganligini, keyinchalik esa ularning hajmi oshib, 
gipertrofiya belgilari paydo bo`lganini, ba’zan milk qirg`oq qismida 
shish belgilari, suv yig`ilishi hollarini ko`ramiz. Milk shilliq 
pardasining tusi o`zgarmasligi mumkin, biroq so`rg`ichlar paypaslanib 
sekin bosilganda qonash belgilari kelib chiqishi xususiy xol bo`lib 
hisoblanadi. Bunday hollarda vazoparez (tomirlar devoridagi elastiklik 
xususiyatining keskin pasayishi) simptomi kuzatiladi. Yallig`langan 
milk sathiga to`mtoq uchli asbob bilan bosilganda hosil bo`lgan iz juda 
sekinlik bilan yo`qoladi. 
Xastalikning keyingi - ikkinchi davrida shishinqirab, hajmi oshgan 
milk so`rg`ichlari va qirg`oq shilliq pardasi ko`kimtir tusga kiradi, qon 
oqishi kamayadi. Yallig`lanish jarayoni asosiy xastalikning qaytalanishi 
bilan yana o`tkirlashadi.(64,65-rasmlar) 
Surunkali kechuvchi gingivit qaytalanib o`tkirlashganda milkda 
og`riq paydo bo`ladi, qon oqishi kuchayadi, yallig`langan milk sathi 
shishadi va qizaradi, milk-tish cho`ntagida serozli ekssudat ko`payadi. 
Tekshirilib ko`rilganda so`lak tarkibida leykotsitlarning ko`chib tushgan 
epiteliy hujayralari sonining oshganligini (Yasinovskiy sinamasi) va 
milk sathida gematoma (qon qo`yilishi) hosil bo`lish vaqti 
qisqarganligining (Kulajenko sinamasi) guvoxi bo`lamiz. Bemorning 
umumiy ahvolida o`zgarish kamroq kuzatilsada, yengil bexollik va 
subfebril tana harorati qayd etiladi. 
Patomorfologik (to`qimada me’yordan chetga chiqish hollari) 
o`zgarishlardan 
shilliq 
parda 
epiteliysining 
ko`plab 
ajralishi 
(deskvamatsiya), qalinlashuvi (parakeratoz), limfo-leyko-plazmotsitar 
infiltrgatsiyasi, to`qimada suv yig`ilishi va kollagen tolalarning bo`kishi 
kabi belgilar aniqlanadi. To`qimada bunday o`zgarishlarni ko`rish uchun 
milk so`rg`ich qismidan kesib olinib (biopsiya), gistologik preparat 
tayyorlanadi va mikroskop ostida ko`riladi. Biopsiyadan tayyorlangan 
preparatlar maxsus bo`yoqlar bilan bo`yalganda, to`qimada glikogen 
moddasining ko`plab yig`ilishini, semiz hujayralar sonining oshganligini 
va oqsil-mukopolisaxarid birikmasining o`zgarganligi ma’lum bo`ladi. 
Bu xil patomorfologik o`zgarishlar milk to`qimasida surunkali 


164 
yallig`lanish 
jarayoni 
kechayotganligidan 
va 
bu 
jarayonning 
o`tkirlashganligidan dalolat beradi. 
Surunkali milk yallig`lanishini parodontit xastaligidan osonlik 
bilan farqlab ajratish mushkullik tug`dirmaydi. Parodontit xastaligidan 
farqli o`laroq, gingivitlarda klinik yoki parodontal cho`ntaklar hosil 
bo`lmaydi. Rentgen tasvirida tishlarni o`rab turgan alveolyar suyak 
to`qimasida o`zgarishlar qayd qilinmaydi. Surunkali kataral milk 
yallig`langanda tezda milk shilliq pardasidagi belgilar yo`qolib, milk 
dastlabki holiga qaytadi. Asosiy xastalikni aniqlash va davo 
tadbirlarining o`z vaqtida amalga oshirilmasligi oqibatida parodontit 
xastaligi rivojlanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling