Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Gipoimmunoglobulinemeyada parodontit to`qimasidagi yalpi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   261
6.9.7. Gipoimmunoglobulinemeyada parodontit to`qimasidagi yalpi 
yallig`lanish. 
Ma’lum dis – yoki gippoimmunoglobulinemiya gumoral immunitet 
faktorlari yetishmovchiligi oqibatida sodir bo`ladigan kasalliklar 
guruxiga mansub bo`lib, bir yoki bir necha immunoglobulin guruxlari 
yetishmovchiligi organizmga kirgan antigenga nisbatan immunologik 
reaksiyaning sustligi va bakterial infeksiyaga nisbatan sezgirlikni oshishi 
bilan baxolanadi. 
Bu xastalikning klinik belgilari tarqoq bo`lib, barcha a’zolarda 
kuzatiladi. Odamda ko`pgina a’zolarda abssesslar, furunkul, otitlar, teri 
piodermiyasi, zotiljam, piyelonefrit, artrit, enterokollit va boshqalar 
vujudga keladi. 
Bu xastalik uchun xususiy xol bo`lib: limfoid a’zolarning 
reaktivligining sustligi va virusli infeksiya agressiyasiga nisbatan 


176 
sezgirlikning 
yoki 
mutlaqo 
sezmasligi 
hisoblanadi. 
Gipoimmunoglobulinemiyada og`iz bo`shlig`ida parodont yumshoq 
to`qimalarining yalpi yallig`lanishi va alveolyar suyak o`sig`ida 
destruktiv, distrofik o`zgarishlar sodir bo`ladi. Milklar yallig`lanishi 
aksariyat hollarda gipertrofik, giperplastik harakterga ega bo`lib, milk 
so`rg`ichi va qirg`oq qismini o`sib ketib tishini chaynov yuzasigacha 
qoplashi kuzatiladi. Gipertrofiyaga uchragan milk so`rg`ichlari tish 
sathidan onsongina ajraladi va kam qonashi bilan baxolanadi. 
Rivojlangan parodontit hollarida patologik tish – milk cho`ntaklari 
chuqurlashadi, lekin milk osti va milk usti toshlari aniqlanmaydi. 
Rentgen tasvirda alveolyar suyak o`sig`ining destruksiyasi aniqlanadi. 
Rentgen tasvirda mazkur kasallikka xos spetsefik o`zgarishlar 
kuzatilmagan. 
Simptomatik davo choralarining samarasizligi, klinik belgilarning 
polimorfizmi tug`ma yoki orttirilgan immunoglobulinlar tanqisligidan 
dalolat berishi mumkin. Tashxisni to`g`ri qo`yish uchun qon zardobidagi 
immunoglobulinlar miqdori va gruxlarini aniqlash testidan foydalanish 
zarur hisoblanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling