Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Kataral gingivitning o`rtacha og`ir shaklida, gipertrofik
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
6.10.1. Kataral gingivitning o`rtacha og`ir shaklida, gipertrofik
gingivit va parodontitning boshlanish davrida amalga oshirishi lozim bo`lgan davolash muolajalar hamda tadbirlari. Bunday xastaliklarga uchragan bolalarning tishlari yuzasida, milk usti va ostida toshlar paydo bo`lishi bilan bir qatorda granulyatsiyalanovchi to`qima shakllangan bo`ladi. Bemorning shifokorga birinchi murojaati paytida tishlar yumshoq karash va toshlardan tozalanadi, granulyatsiyalanuvchi to`qimalar kurak tishlar atrofidan soqit qilinadi. Ota-onalari va bemor bolaning o`ziga tish tozalash qoidalari o`rgatiladi. Ikkinchi murojaat (qatnov) paytida qolgan tishlar atrofi granulyatsiyalanuvchi to`qima va milk osti toshlaridan bartaraf etiladi. Parodont xastaliklarini davolashda granulyatsiyalanuvchi to`qimani ajratib olib tashlash (kyuretaj) va toshlardan tozalash juda muhim ahamiyatga egadir. Ana shu muolajalarni o`tkazish paytida va undan keyin milklarni davolash, qon oqishini to`xtatish maqsadida gidrokortizon emulsiyasi va na’matak moyidan baravar miqdorda olinib, rux oksidi kukunidan pasta hosil bulgungacha aralashtirib, hosil bo`lgan pastani jarohatli milk ustiga 2-3 soat mobaynida qo`yiladi (ozgina suvli dentin aralashtirilgan bunday massa tezda qotadi va bir necha soat mobaynida saqlanib turadi) geparinli malhamning suvli dentinli aralashmasi ham ko`ngildagidek natija berib, qon oqishini tezda to`xtatadi va milk-tish cho`ntagi jarohatining tezda tiklanishiga olib keladi. Bemorning uchinchi, to`rtinchi qatnovida og`iz bo`shlig`i gigiyenasining darajasi nazorat qilinib, milk osti toshlarining qoldiqlari tozalanadi, kerak bo`lgan joylarda kyuretaj muolajasi takrorlanadi. Muolaja jarohatlangan milk tish sohasiga yallig`lanishni susaytiruvchi, qon oqishini to`xtatuvchi malxamlar surtish bilan tugatiladi O`tkazilgan muolajalar ta’sirini turg`unlashtirish maqsadida milk shilliq pardasiga gidro-vibro vakuumlar buyuriladi. Simptomatik davo muolajalari davrida 3-4 hafta mobaynida askorbinat kislotasini (0,05-0,1 179 g) rutin preparati bilan birgalikda (0,2, 0,5, 0,6 g) kuniga 3 martadan ichish uchun buyuriladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling