Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   261
Gipertrofik gingivitda o`sib, kattalashgan milk so`rg`ichlari 
sklerozlashtiruvchi muolajalar yordamida bartaraf etiladi. Buning uchun 
yallig`langan milk to`qimasiga 60% li glyukoza eritmasidan yoki boshqa 
bir sklerotik ta’sirta ega bo`lgan moddalardan 0,2-0,3 ml miqdorda 3-4 
kun oralatib 5-6 marta in’eksiya yo`li bilan yuboriladi. 
Bunday muolajalar yosh bolalarda kuchli og`riq sezgisini paydo 
qilishi mumkin. Shularni nazarda tutgan holda, o`sgan milk 
so`rg`ichlarini uch xlorli sirka kislotasi bilan kuydirish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Bunday muolajani o`tkazish uchun pastki jag` 
tishlarining daxliz va og`iz qismi sathlari yumshoq paxta bolishchalar 
(valiklar) bilan muxofaza etiladi. Chap qo`l bilan paxta bolishchalar 
tutib turiladi. O`ng qo`ldagi qisqichga qistirilgan, uchxlorli kislotaning 
30% li eritmasida ho`llangan paxta tamponchalar o`sgan milk 
so`rg`ichlariga bosib - bosib olinadi. Milk so`rg`ichlarining to`qimalari 
kuyishi natijasida ular oppoq tusga kiradi. Muolajadan keyin 2-3 kun 
o`tgach kuyish natijassda nekrozga uchrab o`lgan to`qima ajralib tushib, 
tez kunlarda asoratsiz bitib ketadi. Ostki qavat qo`shuvchi to`qimasida 
qattiqlashgan sklerotik to`qima hosil bo`ladi. 
Granulyatsiyalanuvchi to`qima hisobiga milk so`rg`ichlari o`sib 
ketsa, yuqorida bayon qilingan muolaja 4-5 marta 3-4 kun oralatib 
takrorlanadi. Yallig`lanish jarayonini vujudga keltirgan sabablar 
aniqlanib, bartaraf etilsa, muolaja natijasi turg`un bo`lib qoladi. 
Gipertrofik gingivitlarda qo`shimcha fizioterapevtik tadbirlarni 
o`tkazish bemor ahvolini yengillashtiradi va milklar shilliq pardasining 
tezda o`z holiga kelishiga olib keladi. Buning uchun milklarga 
geparinning 1 ml da 5000 TB bo`lgan preparatidan, lidazadan 
elektroforez va uchqun razryadli darsonval muolajalarini buyurish 
foydalidir. 
Gipertrofik gingivitlarning turg`un fibrozli shakllarida jarroxlik 
yo`li bilan jarayonni bartaraf etish lozim. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling