Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Doimiy tishlar chiqib bo`lganidan so`ng


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   261
Doimiy tishlar chiqib bo`lganidan so`ng bolalar milki 
mukammallashgan strukturaga ega bo`ladi va ikki muhim vazifani 
bajaradi: 
A) parodont to`qimalarini tashqi muxit ta’siridan ajratib himoya 
qiladi; 
V) tarkibida tolali strukturalar mavjudligi va shilliq osti pardasi 
bo`lmaganligi uning tishlarni mustaxkam ushlab turish vazifasida 
ishtirokini ta’minlaydi. 
Milk funksional jihatdan og`iz shilliq qavatining chaynov turiga 
kiradi; uning yuza qavatini shoxlanuvchi epiteliy hujayralari tashkil 
qiladi. Milkning tish bo`yin qismini qoplab turuvchi qismi bundan 
mustasnodir. 
Bu 
sohada 
krevikulyar 
(sulkulyar), 
ya’ni milk 
egatchasining tubini qoplovchi nozik epiteliy qavat mavjuddir. 
Epiteliyning mazkur turi bolalarning 3 yoshgacha og`iz bo`shlig`ining 
lunj, o`tuvchi burmasi shilliq qavati singari juda nozik va tez 
shikastlanadigan bo`ladi. Shuning uchun ham gingivitlarda, ko`pchilik 
hollarda krevikulyar epiteliyning shikastlanishi ro`y beradi. Shoxlangan 


144 
qavat bilan himoyalanmagan bu epiteliy mikroorganizmlar bilan va milk 
egatchasi suyuqligi bilan bevosita aloqador (kontaktda) bo`ladi. 
Mikroblar ta’siri ostida uning o`tkazuvchanligi oshadi. 
6.1.2. Parodont boylamining shakllanishi. 
Bolalar yoshida parodontal boylamining o`ziga xos xususiyati 
unda turg`un struktura va shaklning yo`qligidir. Har bir tish atrofidagi 
periodontal boylamning rivojlanishi tishning follikulyar taraqqiyoti 
paytidan boshlanadi. Tishning alveola suyagini yorib chiqish paytida, 
tish xaltasi qo`shuvchi to`qimasining tolali strukturasi milk kollagen 
tolalari bilan qo`shilib tolalar majmuini hosil qiladi. Bu tolalar majmui 
tish og`iz bo`shlig`iga yorib chiqqunicha paydo bo`lib, funksional 
okkulyuziyagacha davom etadi. 
T. F. Vinogradova periodont to`qimasi tarqqiyotini 7 davrga 
bo`ladi: 
Sut tishlari davrida: 
1. 
jag` suyagi ichidagi taraqqiyot; 
2. 
tishlarning yorib chiqishi; 
3. 
sut tishlari periodonti va ildizining o`sishi va shakllanishi; 
Tishlar almashinuvi davrida: 
4. 
sut tishlari ildizining so`rilishi; 
5. 
jag` suyagi ichida doimiy tishlarning shakllanishi; 
6. 
doimiy tishlarning chiqishi; 
Doimiy tishlar chiqib bo`lganidan so`ng: 
7. 
doimiy tishlar ildizlarining o`sishi va periodont to`qimasining 
shakllanishi. 
Uch yoshdan boshlab shakllangan periodontda zixer o`rami deb 
ataluvchi tolalar o`rami paydo bo`lishi kuzatiladi, bu esa periodontning 
vertikal o`sishiga moslashganidan darak beradi. Zixer tolalari tutami 
yangi paydo bo`lib, tish o`qiga parallel ravishda o`sib, oraliq tutam 
o`ramini hosil qiladi. Tishlar almashinuvi davrida (9 yosh) bu tutam 
tolalari o`z yo`nalishini o`zgartirib, tish o`qiga nisbatan 45
0
burchakni 
hosil qiladi va tish bo`yin qismidan (tepadan), ildiz qismiga (pastga) 
qarab yo`nalgan bo`ladi. Bu tolalar doimiy tishlar qatorida 14 yoshgacha 


145 
kuzatilsada, juda keskin kamayib ketgan bo`ladi. Mazkur tolalar o`rnini 
boshqa xil kollagen toalalar egallab oladi. Bu esa parodontning tolali 
strukturasini yetilganligi, mukammallashganligidan dalolat beradi. 
Frontal tishlar sohasida parodontal boylam yupqa, nozikroq tolali 
karkas hosil qilsa, chaynov tishlar sohasida qalinrok, zichroq karkas 
hosil qiladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling