Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Bolalarda parodont to`qimasining anotomik tuzilishi va
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
6.1. Bolalarda parodont to`qimasining anotomik tuzilishi va
fiziologik xususiyatlari. Parodont – morfologik va funksional jihatidan murakkab to`qima bo`lib, tish atrofini o`rab va uni alveola kosachasida ushlab turadi. Parodont strukturasini: milk, periodont, alveola suyak o`sig`i va sement tashkil qiladi. Bu elementlar o`zaro jips bog`langan bo`lib, bir embrional 139 kurtakdan rivojlangandir. Mazkur sanab o`tilgan strukturalarning asosiy qismi mezenxima to`qimasidan taraqqiy etganligi buning dalilidir. Parodont to`qimasi o`ziga yarasha murakkab: barer, trofik, plastik, ushlab turuvchi tayanch kabi vazifalarni bajaradi. Milk, epiteliy va qo`shuvchi to`qima qavatidan iborat bo`lib, tishlar atrofidan boshlanib o`tuvchi burmalar shilliq pardasigacha davom etadi. Milkda so`rg`ich qismi, marginal qismi va alveolyar qismlari farqlanadi. Milkda so`rg`ich qismi erkin holatda yotgan bo`lib, marginal sohaga o`tishdan oldin tish milk tarnovchasini yoki odatdagi tish – milk cho`ntagini (egatini) hosil qiladi. Gistologik tuzilishi jihatdan unda milk epiteliysi, krevikulyar (milk egatini ichidan qoplovchi) va biriktiruvchi (tsementga yopishgan epitelial birikmani qoplovchi) epiteliy turlari ajratiladi. Milk parodont to`qimasining muhim strukturasi bo`lib qolgan strukturalarni tashqi muxit sharoitining bevosita ta’siridan saqlab turadi. Tishlar bo`yin qismiga jips yopishib epiteliy va xususiy biriktiruvchi to`qimali qavatlardan iborat bo`lib, alveolyar o`siq suyak usti pardasiga yopishgan bo`ladi. Milkning alveolyar qismini qoplab turuvchi ko`p qavatli yassi epiteliy qavat: bazal, tikanaksimon, donador hujayralar qavatidan iborat bo`lib, odatda shoxlanishiga moyil bo`ladi. Bu holat milkni kimyoviy, mexanik va boshqa ta’sirotlardan himoya qiladi. Milkning xususiy qavatining asosiy hujayra oraliq moddasi barer – himoya va yuqori regeneratsiya vazifalarini bajarishi bilan bir qatorda to`qima gemostazini barqarorlashtirib turadi. Milkning mikroblar va tashqi muxitning har xil noxush ta’sirotlaridan himoya qiluvchi vositasi bo`lib, uning xususiy to`qimasida faoliyat ko`rsatadigan himoya hujayralar majmuasi (limfotsitlar, plazmatik hujayralar, monotsitlar, neytrofillar makrofaglar va semiz hujayralar) hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda asosiy moddasida mavjud bo`lgan gialuron kislotasi va gialuronidaza fermenti ham himoya vositasi sifatida muhim o`rin tutadi. To`qimada gialuronidaza fermentining oshib ketishi uning o`tkazuvchanligini oshiradi va yallig`lanish jarayonining boshlanishiga sabab bo`ladi. Bunday hol ko`pincha patogen mikroorganizmlarning 140 to`qimaga tushib, o`zidan gialuron kislotasini ishlab chiqargan paytlarda yuz beradi. Milk xususiy qavatining qo`shuvchi to`qimasi tolali strukturasida kollagen tolalar yaxshi rivojlangan bo`ladi. Bu tolali strukturalar to`qimaning zichligi va mustahkamligini ta’minlab turadi. Qo`shuvchi to`qimaning xususiy hujayrasi sanalmish fibroblastlar kollagen tolalarni hosil qilish va uning yallig`lanib turishini ta’minlaydi. Limfotsit, makrofag, plazmatik va semiz hujayralar – fagotsitoz, pinotsitoz, antitelolar va immunoglobulinlar ishlab chiqarish vazifalarni bajarishadi. Parodont kasalliklarining etiologiyasini, patogenezini aniqlashda va bu xastalikni oldini olish – profilaktika tadbir – choralarini belgilab olishda tish va milk orasini qoplab, biriktirib turuvchi maxsus epitelial boylam to`g`risidagi tasavvur muhim o`rin tutadi. Aynan shu sohalar tashqi muhitning ko`plab noxush ta’sirotlariga, ayniqsa mikroblarga nisbatan to`siq hisoblanadi. Shu bilan birgalikda parodont to`qimasida yallig`lanish jarayoni boshlanuvchi nuqta hisoblanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling