Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
5.8.4. Tugallanmagan osteogenez (Osteogenesis imperfecta)
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
137 5.8.4. Tugallanmagan osteogenez (Osteogenesis imperfecta) Mazkur kasallik autosom-dominant yo`l bilan nasldan-naslga beriluvchi juda xam kam uchraydigan xastalik bo`lib, o`g`il bolalarda va qiz bolalarda bir xilda uchrashi kuzatilgan. Tugallanmagan odontogenez kasalligi uchun uzun naysimon suyaklarni, o`mrov suyagini, qovurg`a suyaklarini tez-tez sinib turishi odatiy xol xisoblanadi. Yosh bolalarda kalla suyagi choklarini bitishi sekinlashadi, ular o`sishda orqada qolishadi, karlik, ko`z sklerasining moviy tusi, tishlar tuzilishining buzilishi va bo`rtib chiqqan peshona xususiy xol xisoblanadi. Tishlar o`lchamlari o`zgarmagan, shakli odatdagiday bo`lib, ularning rangi kulrang, moviy kulrangdan och sariq yoki jigarranggacha o`zgarishi kuzatiladi. Sut va doimiy tishlarning patologik siyqalanishi doimiy klinik belgilardan biri bo`lib xisoblanadi. Rentgen tasvirda jag` suyaklar kortikal plastinka qatlamining yupqalashuvi, tish ildizlari uchida suyak osteoporozi aniqlanadi. Bolalarning yoshi ortishi bilan tish bo`shlig`i va ildiz kanallarining bitib ketishi kuzatiladi. 138 6 Bob. PARODONT KASALLIKLARI. Parodont - bu tish atrofini jips o`rab turuvchi milk, tish aylana boylami - periodont va alveolyar suyak o`sig`ini o`z ichiga oluvchi to`qimalar majmuasidir. Parodont shakllanishi tish ildizlarining paydo bo`lishi bilan boshlanib, ularning to`liq shakllanishi bilan birgalikda tugaydi. Parodont tuzilishi bolalar yoshiga qarab, o`z xususiyatlariga ega bo`ladi. Milklarning rangi parodonti sog`lom bolalarda och pushti tusda bo`ladi. Issiq janubiy o`lkalarda yashovchilarda oldingi kurak va qoziq tishlarni o`rab turuvchi milklarning qo`ng`ir yoki qoramtir - ko`kish tusda bo`lishiga sabab, bu iqlimda yashovchilarning terisi va shilliq parda to`qimalarida quyosh nuri ta’siri ostida melanin pigmentining ko`proq yig`ilishidir. Sog`lom parodontda milk so`rg`ichlari tish yoyining har ikki tomonida (vestibulyar, oral) ham o`tkir qirrali teng yon tomonlarga ega bo`lgan uchburchak shaklida bo`ladi. Agar tishlarning tish yoyida joylashish tartibi buzilsa, u holda milk so`rg`ichlarining cho`qqisi dumaloqlashib, silliqlashadi. Tishlari o`sib chiqishi paytida tish va milk orasidagi cho`ntaklarning o`lchamlari o`zgarib turadi. Tishlar o`sib chiqishi tugallanishi bilan ular atrofidagi tish-milk cho`ntaklarining o`lchamlari odatda 1,5-2 mm chuqurlikda bo`ladi. Parodont xastaligi yer yuzining hamma mamlakatlarida bolalar o`rtasida uchraydi. Bu xastalik 4-5% dan 99% gacha tarqalgandir. Parodont xastaligi asosan tishlar o`sib chiqishi tugallangandan keyin sut tishlari atrofida, ko`proq esa doimiy tishlar chiqqanidan so`ng yuzaga keladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling