Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
(Stenton-Kapdepon sindromi)
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
(Stenton-Kapdepon sindromi).
Mazkur kasallik asosida embrion ektodermal va mezodermal varaqlari to`qimalarining faoliyatini buzilishi yotadi. Natijada emal va dentin to`qimalar rivojlanishi buziladi. Tishlarning bunday nuqsoni o`g`il va qiz bolalarda bir xilda uchraydi. Bolalar tishlari o`rtacha muddatda chiqadi, ular o`lchamlari va shakli buzilmagan bo`lsada, emal rangi o`zgargan bo`ladi. Ko`pchilik xollarda emal rangi kulrang, bo`tana suv tusini eslatadi. Ba’zan tovlanuvchi jigarrang tusda bo`ladi. Tishlar chiqib bo`lganidan so`ng oz muddat ichida emalda yoriqlar paydo bo`ladi va ochilib qolgan dentin to`qimasi tovlanuvchi tus oladi, tezda yemirilib ketadi, yupqalashuvi oqibatida tish bo`shlig`ining konturlari ko`rina boshlaydi. Emal va dentin to`qimasining siyqalanib yemirilish darajasi bolaning yoshiga bog`liq bo`ladi. Bolaning yoshi qanchalik katta bo`lsa, siyqalanish shuncha kuchli namoyon bo`ladi. Bunda sut tishlarining ko`proq va tezroq patologik yemirilishi kuzatiladi. Bu xastalikda tishlarning toj qismini yemirilishi oqibatida tishlar munosabati (prikus) ning buzilishi, yuqori-pastki jag` bo`g`inlarida o`zgarishlar yuzaga keladi. Rentgren tasvirida tish toj qismi bo`shlig`i, ildiz kanallarining bitib qolganligi kuzatiladi. Tishlar ildizlari qisqa, ingichka yoki yug`on tortgan bo`lib, ularning apikal soxasida gipersementoz va suyak to`qimasining o`choqli osteoporozi, siyraklashuvi aniqlanadi. Bolalar kosmetik nuqsonga, tishlarning siyqalanishiga, milklarning qonashiga, jag` bo`g`imidagi og`riqlarga va tishlarni xaroratga nisbatan sezgirligini oshganligiga shikoyat qiladi. Davolash ishlari zamonaviy barcha terapevtik, ortopedik usullardan foydalanib tishlarning anotomik shaklini tiklashga va faoliyatini me’yorlashga qaratilgan bo`lishi kerak. Bunda ximoya tish kappalaridan, koronkalardan, ko`priksimon va olinadigan protezlardan, terapevtik restavratsiya usullaridan keng foydalanish taqozo qilinadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling