Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Yopishgan X-zanjirli resessiv gipomaturatsiyali yo`l-yo`l faqat


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   261
 
Yopishgan X-zanjirli resessiv gipomaturatsiyali yo`l-yo`l faqat 
ayollarda uchraydigan ITA. 
Tishlar toj qismida asosan ularning vestibulyar yuzasida, bir xil 
nomli tishlarda xar xil uzunlikdagi yul-yul shakilli emal o`zgarishlari 
kuzatiladi. Ular soni bir xil bo`lmaydi, bir tishda ko`proq, ikkinchisida 
ozroq, ularning joylashuvida xam simmetrik xolatni ko`rmaymiz. 
Yullarning emali xar xil tusda-Ba’zilari odatdagidek tiniq, ba’zilari xira, 
bo`rsimon oq, och-sariq yoki och-jigarrang tisda bo`ladi. Tishlar toj 
qismi emali silliq, emal qalinligi buzilmagan. Emal qattiqligini biroz 
yuqotgan. Vaqt o`tishi bilan chaynov tishlar yuzasida yoriqlar, emalning 
sinib, bo`laklarga ajralishi kuzatiladi. Bu xol o`z navbatida tishlarning 
patologik siyqalanishiga va tishlar giperesteziyasiga sabab bo`ladi. Bu 
xastalik sut tishlarida xam, doimiy tishlarda xam uchraydi.
ITAning gipominerallashgan 2 xil klinik shakli kuzatiladi.
 
Autosom-dominant to`liq minerallashmagan ITA. 
Mazkur xastalikda dastlab tish toj qismi emali silliq, qalinligi 
buzilmagan, rangi oq-bo`rsimondan och-jigarrang tusgacha, tishlar 
orasida tremalar mavjud emas. Emal qavatida zond yuritilganda uning 
zichligini pasayganligini, zond botib kirishi mumkin soxalari 
mavjudligini, yoki bo`lmasa yekskavator yordamida emalni dentindan 
ko`chirish mumkinligi guvoxi bo`lamiz. Vaqt o`tishi bilan emal rangi 
to`q jigarrangga aylana boshlaydi, emalda yoriqlar, emal ko`chishi, 
kuchli patologik siyqalanishi, ayrim xollarda emal ko`chishi 
giperesteziyaga olib kelganligini kuzatamiz. Bu xastalik bilan sut xam 
doimiy tishlar kasallanadi.
 
Autosom-resessiv to`liq minerallashmagan ITA. 
Tishlar chiqqan dastlabki davrlarda tish toj qismi emali silliq, 
odatdagi qalinlikda, zichligi ancha pasaygan, zond botirganda uning 
sanchilishi mumkinligi aniqlanadi. Emal ekskavator yordamida 


135 
dentindan oson ko`chadi. Tishlar orasida tremalar yuq. Tez orada emal 
to`q tusga kirib, unda yoriqlar xosil bo`la boshlaydi, sinib dentindan 
ajrala boshlaydi. Kuchli patologik siyqalanish, giperesteziyaga va emal 
to`qimasining qovjirab ajralib tushishiga olib keladi. Bu esa o`z 
navbatida tezda tremalar xosil bo`lishi va dentin to`qimasini ochilib 
qolishiga sabab bo`ladi. Emal to`qimasi faqatgina tishlar bo`yin 
soxasidagina saqlanib qoladi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling