Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


ITA gipoplastik turining 6 xil klinik ko`rinishi mavjud


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   261
ITA gipoplastik turining 6 xil klinik ko`rinishi mavjud: 
1. Autosom-dominant chuqurcha-egatchali irsiy tugallanmagan 
amelogenez.  
Klinik belgilari: tish toj qismining ko`pchilik xollarda vestibulyar va 
lunj yuzalarida o`rtacha o`lchamli chuqurchalar va egatchalar 
mavjudliga aniqlanadi. Til va tanglay yuzalarda bu nuqsonlar birmuncha 
kamchilikni tashkil qilishadi va ma’lum bir tartibga ega bo`lmasdan 
xaotik tarzda joylashadi. Ba’zan chuqurchalar ma’lum yo`nalishda 
ustunchalar tizimi shaklida ko`rinadi. Egatchalar xam uzunasiga 
yo`nalgan bo`lib, tishning kesuvchi yoki chaynov qirrasidan bo`yin 
qismi tomon tish o`qi bo`ylab yo`nalgan bo`ladi. Chuqurchalar va 
egatchalardan xosil bo`lgan chiziqlar goxida tish kesuvchi qirrasidan 
boshlanib, ekvatorga intilib tugaydi. Goxida ekvatordan boshlanib tish 
bo`yin qismi soxasiga intilib tugaydi. Ba’zan esa bo`yin qismidan 
boshlanib ekvator tomon yo`nalgan bo`ladi. Tishlar kesuvchi qirrasidan 
boshlangan nuqsonlar shu soxalarda emalning yupqalashishini, yorilib 
ajralishini yuzaga keltiradi. Shu soxalarda emal yupqalashib, ovqat 
maxsulotlari pigmenti xisobiga rangi o`zgaradi. Mazkur pigmetlar 


130 
chuqur singib kirmaydi va mexanik usulda yengil tozalanadi. Nuqsonlar 
bo`lmagan soxalarda emal o`zining odatiy tusiga, rangiga yaltiroqligiga 
ega, yuzasi silliq, tekis. Sut va doimiy tishlar kasallikka bir xil tortiladi.
 
2. Autosom-dominant maxalliy gipoplastik ITA.
Klinik belgilari: Tishlar toj qismining vestibulyar va lunj 
yuzalarida yakka-dukkam yirik oval shaklidagi chuqurchalar va 
egatchalar mavjud bo`ladi. Chuqurchalar va egatchalar vertikal 
yo`nalishda bo`lib, simmetrik joylashuvi aniqlanmaydi. Bir xil nomli 
tishlar satxida mazkur nuqsonlar xar xil chuqurlikda bo`lib, ularning tubi 
va devorlari tekis, emal silliq, qattiq, yaltiroq, qavati faqat chuqurroq 
soxalarda yupqalashgan bo`ladi. Yupqalashgan emal soxalarida emal 
rangi o`zgargan bo`lib, och-sariq yoki och-jigarrang tus oladi. Emal 
rangining to`qroq yoki ochroq bo`lishi nuqsonlar chuqurligiga va 
bolaning yoshiga bog`liq bo`ladi. Bolaning yoshi qanchalik katta bo`lsa, 
nuqsonlar chuqurroq bo`lsa emal to`qimasining va ochilib qolgan dentin 
to`qimasining rangi shunchalaik to`qroq bo`yaladi. Jaroxatlangan sut va 
doimiy tishlarning soni xar xil bo`lishi mumkin.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling