Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Flyuoroz xastaligini davolash
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.5. Bolalarda sut tishlar rangining o`zgarish xolatlari.
Flyuoroz xastaligini davolash. Flyuoroz xastaligini davolash usulini tanlashda uning shakli e’tiborga olinadi. YEngil shakllarida (bo`rsimon, xol-xol, dog`li shakli) maxalliy oqartirish va reminerallashtiruvchi davolash muolajalari o`tkaziladi. Og`ir shakllarida shikastlanish darajasini, chuqurligini, bemorning yoshini inobatga olgan xolda zamonaviy plomba ashyolari: glassionomer, kompomer, kompozitlarning kimyoviy va nurda qotuvchi turlaridan foydalanib restavratsiya-anatomik shaklini tiklash muolajalar o`tkaziladi. Tish toj qismlari yemirilishi tiklash ishlariga imkoniyat bermagan xollarda ortopedik usullar qo`llanishi tavsiya etiladi. 125 126 5.5. Bolalarda sut tishlar rangining o`zgarish xolatlari. Ba’zan bolalarda chaqaloqlik davrda gemolitik sarg`ayishni boshidan kechirishgan bo`lishsa, yorib chiqqan sut tishlari emali sariq, sariq-kulrang, to`q jigarrang, sarg`imtir-yashil, jigarrang-yashil, jigarrang-qora, kulrang, yashil, xavorang, qizg`ish rangga kirishi mumkin. Erta chaqaloqlik davrda sodir bo`lgan eritrotsitlar gemolizi natijasida hosil bo`lgan, noto`g`ri bilirubin tish to`qimalarida yig`ilib qolishi natijasida tish qattiq to`qimalari yuqorida keltirilgan ranglarga kirishi mumkin. Bu narsa tishlar to`qimasi gistogeneziga ta’sir qilib sistemali gipoplaziyaga xam olib keladi. Eritrotsitlar gemoliziga ona va bola qonidagi rezus faktorning bir- biriga to`g`ri kelmasligi sabab bo`ladi. Boshqa sabablar oqibatida yuz beradigan gipoplaziyadan eritrotsitlar gemolizi sodir qilgan gipoplaziyaning farqi bunda sut tishlari toj qismi emalining rangi albatta o`zgaradi. Agarda ona organizmida antitelalar titri pastroq bo`lsa yoki yangi tug`ilib sarg`aygan chaqaloq maydalab qon quyish usulida davolangan bo`lsa, sut tishlarining rangi o`zgaradiyu, lekin bunday xollarda gipoplaziya kuzatilmaydi. Eritrotsitlar gemolizi oqibatida sodir bo`lgan sut tishlaridagi o`zgarishlarni tetratsiklinli tishlar, irsiy tugallanmagan odontogenez (Kapdepon displaziyasi) bilan gipoplaziyaning boshqa turlari bilan qiyosiy tashxis qilinadi. Qiyosiy tashxisda tishlar rangini o`zgarganligining sabablari anamnez ma’lumotlari, ko`rik va ultrabinafsha nur yordamidagi tekshirishlar ma’lumotlari asosiy axamiyatga egadir. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling