Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Destruksiya shaklidagi flyuoroz


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   261
 
5.4.5. Destruksiya shaklidagi flyuoroz. 
Flyuorozning mazkur shakli ichimlik suvida ftorning yuqori 
konsentratsiyasi mavjud bo`lgan (10 mg/l va undan oshiq) xududlarda 
yashagan insonlar, bolalarda uchraydi. Bunda tishlar emal qavati juda 
mo`rtligi katta bo`laklarining tezda sinib tushishi oqibatida tish toj qismi 
anatomik shakli buziladi, atipik shaklni oladi. Emal, dentin qavatlari 
kuchli siyqalanishga uchraydi. Flyuorozning bu shakli emal va dentin 
qavatlarini shikastlantiradi. Tish toj qismida ko`plab o`ydim-chuqurlar 
bo`lib, ular xar xil chuqurlik va o`lchamlarga ega bo`ladi. Zond yuritilib 
ko`rganda og`riq sodir bo`lishi kuzatiladi. 
Bemorlar kosmetik nuqsonga, tish toj qismining uqalanib sinishiga, 
issiq, sovuq haroratdan sodir bo`ladigan og`riqlarga, giperesteziyaga, 
siyqalanishga shikoyat qilishadi. Rentgen tasvirda o`ydim-chuqurlar 
katta qoramtir dog` sifatida namoyon bo`ladi. 
 
5.4.6. Aralash shaklli flyuoroz. 
Aralash belgilar mavjud bo`lgan flyuorozning bu shakli ota-onalar 
4,5 oylikdan 3 yoshgacha bo`lgan bolalarni ftor konsentratsiyasi yuqori 
ichimlik suvi mavjud xududlarga bir necha bor olib borib, ma’lum vaqt 
turganliklari oqibatida sodir bo`ladi. Ichimlik suvining xar xil 
konsentratsiyali ftor moddasini tutishi oqibatida shunday sharoitga 


124 
tushgan bolalar tishida flyuorozning bir necha xil klinik ko`rinishi 
kuzatiladi.
Kasallikning klinik kechishining og`ir yoki yengilligiga qarab 
bemorlar kosmetik nuqsonga, tishlar sezgirligini oshishiga, tishlar toj 
qismlarini sinib tushishiga va patologik siyqalanishga shikoyat qilishlari 
mumkin.
Rentgen tasvirda chuqur kavaklar, defektlar soxasida qoraygan 
soxalar, dog`lar aniqlanadi. 
Aralash shakldagi flyuoroz o`ziga o`xshash klinik belgilari mavjud 
bo`lgan: kariyes, irsiy tugallanmagan amelogenez, emal gipoplaziyasi, 
eroziyasi, nekrozi va ponasimon nuqsonlar bilan qiyosiy tashxis qilinadi. 
Flyuoroz xastaligi profilaktikasi maqsadida quyidagilar tavsiya 
qilinadi: 
1. Ichimlik suvi manbalarini o`zgartirish, ichiladigan suvni filtrlash. 
2. Faqat kaynatilgan suv ichish, sharbatlar, sut iste’mol qilish. Suvni 
muzlatib, keyin eritib iste’mol qilish. 
3. muvofiklashgan (ratsional) ovqatlanishni to`g`ri tashkil qilish. 
4. Iloji boricha bolalarni (ayniqsa 4 yoshgacha bo`lgan) ftor 
konsentratsiyasi ichimilik suvida yuqori regionlardan tez-tez olib 
chiqish, bir muddat boshqa xududlarda yashash. 
5. Tishlarni tarkibida kaltsiy saqlovchi tish pastalari bilan yuvish. 
6. Yangi tug`ilgan bolalarni iloji boricha sun’iy ovqatlantirmaslik va 
erta definitiv (qozon ovqat) ovqatga o`tkazmaslik. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling