Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Bo`rsimon xol-xol nuqtali flyuoroz


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   261
 
5.4.3. Bo`rsimon xol-xol nuqtali flyuoroz. 
Flyuorozning bu shaklida tishlar toj qismining emali o`z rangini 
yo`qtadi bo`rsimon tus oladi, tiniqligi va yaltiroqligini yo`qotadi. Ana 
shunday o`zgargan emal satxida pigmentlashgan oq yoki to`q jigarrang 
tusli nuqtasimon xol-xol dog`lar kuzatiladi. Shu soxalarda diametri 1,5 
mm chuqurligi 0,1 mm li emal chuqurchalari aniqlanadi. Patologik 
jarayon ko`pchilik xollarda barcha gurux tishlarida kuzatiladi. 
Nuqtasimon xol-xol jigarrang chuqurchalarni tish toj qismining qaysi 
soxasida joylashuvi bolaning qaysi yoshda va qancha vaqt ftor 
konsentratsiyasi yuqori bo`lgan ichimlik suvi iste’mol qilinadigan 
xududda yashaganligiga bog`liqdir. 
Flyuorozning bu shakli uchun tishlarning emal koplamasida mayda 
yoriqlar, pigmentlashgan to`q jigarrang dentinni ochilib qolishiga sabab 
bo`ladigan patologik siyqalanish mavjudligi xususiy xol xisoblanadi. 
Bemorlar 
kosmetik-estetik 
nuqson-kamchiliklarga 
shikoyat 
qilishadi. Rentgen tasvirda o`zgarish bo`lmaydi.
 
5.4.4. Flyuorozning eroziya shakli. 
Flyuorozning mazkur shaklida kuchli rang o`zgargan tishlar toj 
qismi satxida ayrim joylarda yemirilish oqibatida emal qavat mavjud 
bo`lmaydi. Shu soxalar eroziyaga uchragan bo`lib, ularning chetlari 
kuchli pigmentlashgan, bo`rsimon tus olgan, emal yaltiroqligi butunlay 


123 
yo`qolgan, oson uqalanadigan, sinib tushadigan va oqibatda xar xil 
shaklli va o`lchamli kavak-bo`shliqlar xosil qiladi. Bu xosil bo`lgan 
kavaklar satxi notekis, g`adir-budir bo`lib, sarg`imtir yoki jigarrang 
tusda bo`ladi. Ularning rangini to`q yoki ochligi kavaklar chuqurligiga 
va xosil bo`lgan vaqtiga bog`liqdir.
Flyuorozning bu shakli uchun emal va dentin qavatlarining kuchli 
patologik siyqalanishi xarakterli belgilardan biri xisoblanadi. 
Bemorlar issiq, sovuq xaroratlar ta’siridan sodir bo`ladigan 
og`riqlarga, kosmetik, estetik nuqsonlarga, emalning yorilib sinib 
tushishishga, siyqalanishiga shikoyat qilishadi. Rentgen tasvirda chuqur 
kavaklar qoramtir dog`lar shaklida aniqlanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling