Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Autosom-dominant gipomaturasiyali pigmentli ITA


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   261
Autosom-dominant gipomaturasiyali pigmentli ITA. 
Yangi chiqqan tishlar emali dastlabki davrlarda silliq, emal 
qalinligi me’yorida, tremalar yo`q. Emal to`qimasi mo`rtlashgan, 
yaltiroqligi yo`qolib rangi-tusi o`zgargan. Ba’zi bemor bolalarda u sariq 
yoki jigarrang bo`lsa, boshqalarida emal bo`rsimon, tiniqligi yo`qolgan 
va ular ma’lum vaqtdan keyin sariq yoki jigarrang tus olishi mumkin. 
Ba’zan emal rangini o`zgarishi sariq-jigarrang dog`chalar yoki yo`llar 
sifatida namoyon bo`lib, tishlar yuvilganda bu dog`-yo`llar ketmaydi. 
Mazkur nuqsonlari mavjud bolalarda ma’lum vaqt o`tishi bilan frontal 
va chaynov tishlarida o`rta va yirik o`lchamli yoriqlar paydo bo`lishi, 
emalda kuchli patologik siyqalanishlar sodir bo`lishi kuzatiladi. Bunday 
patologik o`zgarishlar sut va doimiy tishlarda sezgirlikni oshib 
ketishiga-giperesteziyaga olib keladi. Mazkur xastalik sut va doimiy 
tishlarda birdek uchraydi.
Autosom-dominant gipomaturatsiyali “qorli qalpoq” shaklidagi 
ITA. 
Xar xil davrda mineralizatsiya jarayoni kechadigan tishlarning 
vestibulyar yoki lunj satxida xira, yaltiroqligi yuqolgan, bo`rsimon 
tusdagi tekis yoki jimjimador yakkam-dukkam aniq chegarali dog`lar 
kuzatiladi. Tishlar toj qismlarining emali silliq, qattiq, qalinligi 
me’yorida, tremalar va giperesteziya aniqlanmaydi. Tishlardagi dog`lar 
shakli va o`lchamlari xar xil, ular joylashuvida simmetriya yuq, metilen 
ko`ki bilan bo`yalmaydi. Ko`proq doimiy yuqori frontal tishlarning 
vestibulyar yuzalarida namoyon bo`ladi.
 
Autosom-Resessiv gipomaturatsiyali pigmentlashgan ITA. 
Yangi yorib chiqqan tishlar emali silliq, qalinligi odatdagidek, 
tishlar orasida tremalar yuq. Tishlar emalining rangi oq-xira tusdan och-
jigarrang tusgacha, emal odatdagidan yumshoq, yaltiroqligi yo`qolgan. 
Ma’lum muddat o`tgach, asosan tishlar vestibulyar satxida emalda xar 
xil katta-kichik yoriqlar paydo bo`ladi, emalning dentindan ajralishi va 
tish toj qismini patologik siyqalanishi oqibatida giperesteziya xolati 


134 
kuzatiladi. Nuqsonlar mavjud soxalarda emal yupqalashadi. Sut va 
doimiy tishlar bu xastalik bilan xar xil shikastlanadi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling