Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Tugallanmagan dentinogenez. (Dentinogenesis imperfecta)
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
5.8.2. Tugallanmagan dentinogenez. (Dentinogenesis imperfecta) Tish qattiq to`qimasinining nasldan-naslga berbluvchi bu irsiy xastaligi tishlarning dentin to`qimasida, dentin rivojlanishining buzilishi oqibatida kuzatiladgan nuqson xisoblanadi. Bunda tish emal qavatida o`zgarish kuzatilmaydi va dentinda bo`layotgan o`zgarishlar ob’ektiv klinik belgilar bilan kechmaydi. Tish toj qismi rangi-tusi, o`lchamlari bilan odatdagi me’yoriy xolda bo`ladi. Ba’zi biar xollarda bolalar milklarini qonashiga, ayrim tishlarning qimirlab-liqillab qolayotganligiga shikoyat qilishadi. Bu xol bolalarning yoshi oshgan sari kuchayib boradi. Rentgen tasvirda frontal tishlar ildizi kalta, ingichka yoki yo`g`onlashgan. Chaynov tishlarda bitta kalta, baquvvat ildiz aniqlanadi. Ildiz uchlarida bir nechta uchi o`tkir o`simtalar mavjud. Tish bo`shlig`i va ildiz kanali keskin toraygan bo`lib yosh o`tishi bilan to`liq obliteratsiyaga uchraydi. O`sish zonasi kichraygan, yaxshi aniqlanmaydi. Ba’zi bir tishlarda ildiz cho`qqi teshigi atrofida aniq yoki noaniq chegarali suyak destruksiyasi kuzatiladi. Dentin qavat yupqa, tish bo`shlig`i zich joylashgan dentikllar bilan to`la. Ba’zi bolalar mazkur kasallikda xarorat ta’siridan tishlarda og`riq paydo bo`lganligiga shikoyat qilishadi. Tugallanmagan dentinogenez o`g`il va qiz bolalarda bir xil uchraydi. Davosi. Odontogen jarayonlarni bartaraf qilish uchun dentiklli ildiz kanallarini o`tib, yaxshilab plomba materiali bilan to`ldirish shikoyatlarni bartaraf etadi. Tishlar tushib ketgan taqdirda olib qo`yiluvchi protezlar yasalib taqib yurish tavsiya qilinadi. 136 5.8.3. Tugallanmagan odontogenez yoki irsiy tovlanuvchi dentin Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling