Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


O`g`il bolalarda uchraydigan yopishgan X-xromosomali


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   261
5. O`g`il bolalarda uchraydigan yopishgan X-xromosomali 
dominant gipoplastik silliq ITA.
Asosiy belgilari: faqat o`g`il bolalarda uchraydi, tishlar emal 
qavati barcha soxalarda ozroq yupqalashgan, silliq, yaltiroq, oldingi 
gurux tishlarda och-sariq, chaynov tishlarda sarg`imtir –jigarrang tusda 
bo`ladi. Tishlar oralig`ida tremalar mavjud. Emal giperesteziyasi va 
siyqalanishi kuzatiladi. Sut va doimiy tishlar shikastlanadi.
 


132 
6. Qiz bolalarda uchraydigan yopishgan X-xromosomali dominant 
gipoplastik yo`l-yo`l egatchali ITA.
Asosiy belgilari: tishlarni vestibulyar va lunj yuzalarida emal 
satxida bo`ylamasiga yunalgan yullar va egatchalar mavjud. Emal 
qattiqligi buzilmagan, dentin qavat egatchalar soxasida bir muncha 
yupqalashganligi aniqlanadi. Ba’zi bir egatchalar tubida qo`shimcha 
chuqurchalar mavjud bo`lib, ular tubida emal juda yupqalashgan yoki 
mutlaqo bo`lmaydi. Dentin qavat shu soxalarda ochilib qolgan. 
Kasallikning mazkur belgilari simmetrik xolda joylashgan bo`lib, xar xil 
o`lchamlarga va chuqurlikka ega. Ular bir-biridan xar xil masofada 
joylashishi mumkin. Qo`shimcha chuqurlarda emalning qoramtir tus 
olganligini ko`ramiz. Emal to`qimasi bo`ylama yo`llarda tiniqligini bir 
muncha yo`qotgan bo`lsa, egatchalarda u sariq tus olgan bo`ladi. Tishlar 
orasida tremalar kuzatilmaydi. Sut va doimiy tishlarning zararlanishi son 
jixatdan xar xil bo`lishi mumkin.
 
Autosom-resessiv gipoplastik notekis ITA. 
Yangi chiqayotgan tishlarda ularning toj qismi emal qavatining 
yupqaligi va emal to`qimasining yorilishi natijasida shakli o`zgarib, 
o`lchamlari kichrayganligi kuzatiladi. Emal qavatining yupqalashishi va 
tezda yorilib, bo`laklarga bo`linishi ko`proq tishlarning vestibulyar 
yuzasida va lunj yuzasida qayd etiladi. Tishlar toj qismida saqlanib 
qolgan emal to`qimasi yupqa, bo`lak-bo`lak orolchalar sifatida ko`rinadi 
va ularni dentin to`qimasidan ajratishga urinishlarda sinib yoki to`liq 
ko`chib chiqishi kuzatiladi. Bu xolat emal to`qimasini dentin bilan 
o`zaro birikishini susayganligini va emal mo`rtlashib qolganini 
ko`rsatadi. Bo`laklarga bo`lingan emal orolchalari tishlar satxida notekis 
yuzalar paydo qiladi. Tishlar bo`yin soxasida emal bir muncha qalin 
bo`ladi. Tishlarning kontakt va tanglay yuzalarida emal ko`proq 
saqlangan. Xar xil tishlar guruxida tishlar rangi-tusi xar xil. Oldingi 
tishlarda och-sariqdan, chaynov tishlarida to`q-jigarranggacha tovlanadi. 
Sut va doimiy molyar tishlar do`mboqchalarida kichik yoriqchalar va 
emal to`qimasining siyqalanganligi kuzatiladi. Tishlarda tremalar va 
giperesteziya sut va doimiy tishlarda bir xil aniqlanadi.


133 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling