Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   261
Milk egatchasi – bu tish va unga yopishib turgan milk o`rtasidagi 
bo`shliq yoki cho`ntak bo`lib, maxsus biriktiruvchi epiteliy bilan 
qoplangandir. Milk cho`ntagi yoki egatchasi va maxsus epitelial birikma 
parodont to`qimasi uchun himoya vazifasini bajarishi bilan birgalikda 
o`zining xos tuzilishiga va qon bilan ta’minotiga egadir. 
Maxsus soha epiteliysi hech qachon muguzlanmaydi va o`z 
navbatida bir necha qavat tish sathiga parallel joylashgan hujayralar 
majmuidan iboratdir. Mazkur hujayralar har 4-8 kunda yangilanib turadi. 
Biriktiruvchi maxsus epiteliyning tish sathiga yopishib turgan yuza 
qavat hujayralari gemidesmosomalar orqali, yupqa organik qatlam 
yordamida tish yuzasi appatitlarining kristallari bilan bog`liqdir. 
Maxsus epitelial birikma tish sathini oddiygina qoplab turmay
balki u bilan chatishib ketgan bo`ladi. Ana shu chatishgan barer 
butunligi, uning ostida joylashgan parodont to`qimasini mikroblar va 
ularning toksinlaridan himoya qilib turadi. Parodont to`qimasini himoya 
qilishda milk suyuqligi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur suyuqlik 
ekssudat va transsudat oralig`idagi konsentratsiyaga ega bo`lib, o`z 
tarkibida uglevod, oqsil va boshqa moddalar almashinuvida faol ishtirok 


141 
etuvchi fermentlar tutadi. Odatda bu fermentlardan ba’zilarining faollik 
jihatdan qon zardobi tarkibiga kiruvchi fermentlardan 8-10 karra 
yuqoriligi aniqlangan. Milk suyuqligiga kiruvchi oqsillar, jumladan 
immunoglobulinlar qon plazmasidagi o`xshash oqsillar vazifasini 
bajaradi. 
Milk suyuqligida doimo leykotsitlar mavjud bo`lib, ularning soni 
yallig`lanish darajasi oshishi bilan oshib boradi. Bunday hol ta’sirotlarga 
qarshi organizmning himoya reaksiyasi bo`lib parodont to`qimasini 
patologik jarayondan saqlaydi. 
Milk suyuqligiga leykotsitlar milk egatchasi epiteliysi orqali 
xemotaksis ta’sirotiga asosan chiqadi. Bundan tashqari milk suyuqligida 
mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqilgan sitotoksik moddalar (sut 
kislatasi, ammiak, bakterial endotoksinlar) mavjud bo`lib, ularning 
miqdori va ta’sir kuchi yallig`lanish jarayonida bir necha marotaba 
oshadi. Bu sitotoksik mahsulotlar hujayralarni parchalab yallig`lanish 
jarayoni patogenizida muhim o`rin tutadi. 
Sement – tish ildizini dentin ustidan qoplab turuvchi to`qima 
bo`lib, hujayrali va hujayrasiz turlar farq qilinadi. Xujayrali sement tish 
ildizining appikal qismida va ildizlar ajralgan bifurkatsiya qismida 
uchraydi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling