Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
a) b) 3-rasm. Bakteroid (a) sof kulturasi va yiringdagi streptokokklar (b). Har bir odamda immun javob irsiyatga asoslangan. Asosan bu, ba’zi rezident mikroblarning AG lariga nisbatan sust immun javobga ega bo’lgan odamlarga tegishlidir. Surunkali gangrenoz pulpitlar, surunkali periodontitlar (granulematoz), parodontit, surunkali perikoronit, surunkali osteomielit og’iz bo’shlig’ining surunkali odontogen infeksiya o’choq’lari hisoblanadi. Surunkali odontogen yallig’lanishning rivojlanishida q’uyidagi o’zgarishlar kuzatiladi: infeksiya o’chog’idan mikroblar tarq’aladi. Tishlarni tozalash, kyuretaj q’ilish, tishlarni olish, tishlar implantastiyasi, og’iz bo’shlig’ida ortopedik va ortodontik moslamalarni o’rnatish kabi muolajalar q’isq’a vaq’t davom etuvchi bakteriemiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashq’ari, og’iz bo’shlig’idan mikroblar og’ir nekrotik gingivitlar va stomatitlarda, absesslar hosil bo’lganda patologik milk cho’ntakchalaridan, nekrotik pulpitlarda ildiz kanallaridan, surunkali periodontitda kistalar va granulyastiyalardan q’onga o’tishi mumkin. Organizm reaktivligi me’yoriy holatda bo’lganda q’isq’a vaq’t davom etuvchi bu bakteriemiya faq’atgina tana haroratining ko’tarilishi bilan namoyon bo’lishi mumkin. Rezistentlik omillarining faolligi susayganda mikroblar infeksiya o’chog’idan chiq’q’andan so’ng ko’payadi va boshq’a to’q’imalarga kolonizasiyasi kuzatilishi mumkin. Bunday holatda og’iz bo’shlig’i bakteriyalari o’ta xavfli hisoblanadi, chunki ularning ko’pchiligi boshq’a hujayralarning va tuzilmalarning yuzasiga adgeziya bo’lish xususiyatiga egadir. 200 Dekstran hosil q’iluvchi Str. mutans va Str. sanguis streptokokklari ko’pincha endokardit sababchisi bo’ladi, narkomanlarda esa ular sepsisni keltirib chiq’aradi. Chunki bu streptokokklar nafaq’at tishlarning emal yuzasiga, balki yurak klapanlari to’q’imasiga ham yopisha olish xususiyatiga ega. Og’iz bo’shlig’i mikroblari (oral mikroblar) o’tkir bakterial miokardit, infekstion endokardit va bosh miyada yallig’lanish jarayonlariga sababchi bo’lishi mumkin. Ayniq’sa, hamma tizimlarning rezistentligi pasaygan holatlar va kasalliklarda (leykemiya, agranulositoz, immunodepressantlar q’o’llanilganda, immuntanq’isliklarda) odontogen zararlanish xavfi juda yuq’ori bo’ladi. Anaerob bakteriyalarni o’stirish texnikasining yaxshilanishi, ba’zi odontogen kasalliklarning sababchisi - og’iz bo’shlig’idagi bakteroidlardan biri - Capnocytophaga (Bacteroides) ochraceus ekanligini aniq’lashga imkon berdi. Bu mikrob nekrotik stomatogingivit sabab bo’lgan septisemiyali bemorda topilgan va u doimo nekrozga uchragan tish pulpasidan olingan namunada va periodontal o’choq’da mavjud bo’ladi. Ko’p bakteriyalar toksinlar va biologik faol moddalar ishlab chiq’aradi. Bu moddalarning juda kam miq’dori ham xo’jayin to’q’imalari va a’zolarida chuq’ur o’zgarishlar chaq’iradi. Pilakchalarda va kanalning nekrotik materialida biologik faol endotoksin katta miq’dorda aniq’lanadi. Endotoksin yoki grammanfiy bakteriyalar membranasining LPS va boshq’a metabolitlar organizmda q’uyidagi patologik holatlarni keltirib chiq’arishi mumkin: nerv tolalari periferik oxirlarining degenerativ o’zgarishlari; endotoksinning pirogen ta’siri subfebril haroratga, bosh og’rig’iga, bo’g’imlar va mushaklardagi og’riq’q’a olib keladi; leykositlar faoliyatining buzilishi. Parodontning yallig’lanish kasalliklariga q’uyidagilar kiradi: gingivit (4-rasm) parodontit parodontoz (5-rasm) parodontomalar periimplantit 201 Parodontning yallig’lanish kasalliklari (gingivit va parodontit) aholi o’rtasida keng tarq’algan (40 yoshdan kattalarda 90% dan yuq’ori) va kattalar o’rtasida tishlarning zararlanishida asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Mahalliy va chet el mualliflarining ko’plab tadq’iq’otlari tish karashining miq’dori bilan surunkali gingivitning og’irlik darajasi o’rtasida yaq’q’ol bog’liq’lik borligini isbotladi. Og’iz bo’shlig’i gigienasi o’tkazilmagan holatlarda 10-21 kunlarga borib kataral gingivit rivojlanadi, gigienik tadbirlar amalga oshirilganda esa, milklar yallig’lanishining susayishi yoki yo’q’olishi q’ayd etiladi. Patologik milk cho’ntaklaridan ajratib olingan anaeroblarning ko’pchiligi gialouronidaza, DNKaza, RNKaza, kollagenaza, proteaza kabi gistolitik fermentlarni ishlab chiq’aradi, endotoksin saq’laydi, yog’ kislotalari, indol, aminlar va ammiak kabi sitotoksik substansiyalar ajratadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling