Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
-3 yoshgacha bo`lgan bolalarda
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-12 yoshlarga kelib
1-3 yoshgacha bo`lgan bolalarda: shilliq parda qalinlashuvi,
tolalar sistemasida va hujayralarda sodir bo`ladigan o`zgarishlar (miqdor jihatdan) oshishi, qon tomirlarni ko`payishi, bazal membrananing shakllanishi, himoya hujayralar to`plamining korporatsiyasining hali shakllanmaganligi, ona organizmidan olingan immunologik tayyor himoya vositalarining kamayib tugab ketishi, aynan shu davrda virus va infeksiyalar chaqiradigan yallig`lanish jarayonini o`tkir o`tishini ta’minlaydi. Aynan shu davrda sut tishlarining birin – ketin yorib chiqishi shilliq parda butunligini doimiy buzilishiga va infeksiya kirish uchun ko`plab ochiq darvozalarni vujudga keltirishga sabab bo`ladi. 4-12 yoshlarga kelib og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida kerakli himoya bareri – to`siqlari shakllanadi, shu bilan birgalikda immunologik himoya hujayralar kompleksi hosil bo`lib qon tomirlar atrofida ular faollashadi (plazmatik, limfotsit, gistiotsit, monotsit, makrofag va ayniqsa labrotsitlar). Limfa tugunlari himoya funksiyasini bajara boshlaydi, immun hujayralar antitelolar, maxsus immunoglobulinlar ishlab chiqa boshlaydi. Limfotsit – plazmatik hujayralar – monotsit – makrofag – gistiotsit – labrotsit – hujayralar korporatsiyasi vujudga keladi. Epiteliy qavat qalinlashadi, maxsus sohalarda ular shoxlana boshlaydilar, bazal membrana qalinlashib, zichlashadi, kollagen, elastik tolalar takomillashib yetiladi, pishiq mexanik qatlam hosil qilishadi. 196 Himoya hujayralari: limfotsit va makrofaglar ko`p qavatli epiteliyga o`tib shilliq parda sathiga yaqinlashadi. Qon tomirlar devori zichlashib qalinlashib o`tkazuvchanlik pasayadi. Labrotsitlar funksiyasi faollashadi ular geparin, gistamin, serotonin kabi biologik aktiv moddalar ishlab chiqarib allergik reaksiyalarga qarshi himoya fonini yaratishadi. Shunday qilib bu yoshda shilliq parda o`zining himoya barer strukturasini shakllantiradi va natijada o`tkir yallig`lanish jarayonlari kamayib, surunkali, allergik jarayonlar uchray boshlaydi. Shilliq pardaning 8-12 yoshga kelib shakllangan barer (himoya) funksiyasini quyidagi strukturalar bajaradi: 1. So`lak o`zining immunobiologik komponentlari (lizotsim, immunoglobulinlar va boshqalar) bilan birgalikda. 2. Epiteliy shillig`i. 3. Yupqa, ko`p qavatli epiteliy qatlami (desmosomalari, hujayra oraliq moddasi va hujayralar membranasi, hujayra ichidagi lizo- fagosoma-xazm sistemasi) bilan. 4. Bazal membrana o`zining zich tolasi strukturasi bilan. 5. Epiteliy qavatiga migratsiya qiladigan neytrofil leykotsitlar, limfotsitlar, immunoaktiv nospetsefik sekretor moddalar. 6. Shilliq osti qavat qo`shuvchi to`qimaning immunokomponent hujayralari (makrofaglar, limfotsitlar, plazmatik hujayralar, neytrofil leykoitlar, semiz hujayralar va boshqalar) 7. Qo`shuvchi to`qimaning hujayra oraliq moddasi va undagi mavjud bo`lgan immunoaktiv strukturalari. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling