Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


-rasm. Kandida avlodi zamburug’larining aralash kulturasi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   261
6-rasm. Kandida avlodi zamburug’larining aralash kulturasi 
(Gram bo’yicha bo’yalgan). 
 
Kandidozning asosiy klinik shakllari q’uyidagilar hisoblanadi: 
• o’tkir psevdomembranoz kandidoz (oppoq’, suzmasimon karash 
bilan xarakterlanadi — «molochnista» (7-rasm): 
• o’tkir atrofik kandidoz

• surunkali giperplastik kandidoz
• tilning surunkali atrofik kandidozi; 
• teri-shilliq’ q’avat (chuq’ur) kandidozi.


207 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7-rasm. Psevdomembranoz kandidoz (Saryov V.N. bo’yicha) 
Og’iz bo’shlig’i kandidozining klinik ko’rinishlari turlichadir – 
oxirgi yillarda kandidozli stomatitning ma’lum bo’lgan shakllari bilan 
bir q’atorda kandida-assostirlangan parodontit, yara-eroziyali stomatit 
kabi ko’rinishlari ham uchramoq’da. Bu shakllar ko’pincha organizm 
immuntanq’islik holatlarida, OITS da kuzatiladi. Jarayon asoratlanganda 
mikozning generalizasiyasi kuzatiladi va kandida-sepsis rivojlanadi. Bu 
holat o’lim bilan tugashi mumkin.
Me’da-ichak kasalliklarida, asosan me’daning kislotaliligi 
pasayganda yoki axiliyada og’iz bo’shlig’i kandidozi kelib chiq’adi. 
Q’andli diabetda uglevodlar almashinuvining buzilishi ham kandidoz 
rivojlanishi uchun q’ulay sharoit hisoblanadi. Shilliq’ q’avatlar 
kandidozi belgilarsiz kechayotgan q’andli diabetning birinchi 
simptomlaridan biri bo’lishi mumkin. Surunkali kandidoz holatlarida
asosan q’aytalanuvchi kandidozlarda q’andli diabet tashhisini inkor etish 
uchun q’ondagi glyukoza miq’dorini tekshirish lozim. 
Bundan tashq’ari xavfli o’smalarda, sil, endokrinopatiyalarda 
(q’andli diabet, gipotireoz, gipoparatireoz, buyrak usti bezlarining gipo- 
yoki giperfunksiyasida), nurlanganda, spirtli ichimliklar va narkotiklar 
ta’sirida, kontrasteptivlar uzoq’ vaq’t q’o’llanilganda ham kandidoz 
vujudga kelishi mumkin. 
Og’iz bo’shlig’ining Candida avlodiga mansub zamburug’lar (S. 
albicans, S.tropicalis. S.krusei) bilan mahalliy zararlanishi molochnisa 


208 
deb, tarq’algan shakllari esa – kandidoz deb ataladi. Til, lunj, lablar, 
og’iz burchaklari kandidalar bilan zararlanishi mumkin (8-rasm).

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling