Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. OIV-infeksiyali bemorlar og’iz bo’shlig’i yuza mikozini keltirib chiq’aruvchi zamburug’lar Candida turlari
- Bakteriologik
8-rasm. Kandidoz
Og’iz bo’shlig’i kandidozi giperemiyalangan, q’uruq’ va og’riq’li shilliq’ q’avatda oq’ rangli, engil ko’chadigan karash hosil bo’lishi va karash ko’chirilganda shilliq’ q’avat eroziyalanganligini aniq’lash bilan xarakterlanadi (9-rasm). 9-rasm. Bolalarda kandidoz Yana shuni ta’kidlash lozimki, Candida ko’pincha turli bakterial infeksiyalarda (surunkali tonzillit, ichburug’, bo’g’ma, va bo’g’ma q’o’zg’atuvchisini tashuvchilik) mikroblar assosiasiyasida ham ishtirok etadi. 209 1-jadval. OIV-infeksiyali bemorlar og’iz bo’shlig’i yuza mikozini keltirib chiq’aruvchi zamburug’lar Candida turlari Boshq’a zamburug’lar C.albicans Saccharomyces cerevisiae C.glabrata Rhodotorula rubra C.famata Rhodotorula piliminae C.kefyr Fonsecaea pedrosi C.krusei Prototheca stagnura C.rugosa Trichosporon pullulans C.tropicalis C. guiliermondii Bunday assosiasiyalarda Candida boshq’a mikroblar patogenligini oshirib, yuq’umli kasallikning asoratlanishiga olib keladi. Yuza mikozlar immuntanq’islik mavjud odamlarda ko’p uchraydi, eng yuzaki mikoz – bu oral kandidozdir. 1-jadvalda mikoz q’o’zg’atuvchilari haq’ida ma’lumotlar keltirilgan. Oral kandidoz immun tizimning boshq’a T-hujayralar nuq’sonlarida ham uchraydi, lekin OIV da residivlanadi. Ko’p mualliflar ma’lumotlariga ko’ra, OIV dagi kandidozning uchrash darajasi q’ondagi CD4 hujayralar miq’doriga bog’liq’dir. CD4 hujayralar miq’dori 500/mkl dan kam bo’lganda oral kandidozning uchrashi 62,1% ni, 200 /mkl dan kam bo’lganda 94,7% ni tashkil q’ilgan. Mualliflar og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatining giperemiyalanishi, nuq’tali q’on q’uyilishlarning va eroziyalarning bo’lishi, shilliq’ q’avatning karashlar bilan q’oplanishini yozib o’tishgan. Kandidozning klinik shakllaridan 210 eritematoz va psevdomembranoz shakllari ko’p uchraydi. Bundan tashq’ari adabiyotlarda tilning zararlanish belgilari: shish, so’rg’ichlarning yo’q’olishi, leykoplakiya va kandidozli glossitlar ham yoritilgan. Kandidozning rivojlanishida og’izning shilliq’ q’avati va uning mahalliy immuniteti katta ahamiyatga ega. Og’iz shilliq’ q’avati tishlarning o’tkir q’irralari, sifatsiz protezlar va tish koronkalari bilan uzoq’ vaq’t jarohatlanishi oq’ibatida ham kandidoz vujudga kelishi mumkin. Surunkali jarohatlar natijasida og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati rezistentligi pasayadi va unga Candida larning kirishi osonlashadi va kasallik yuzaga keladi. Akril plastmassadan tayyorlangan protezlar og’iz shilliq’ q’avati bilan uzoq’ kontaktda bo’lganda allergik reakstiyalar vujudga kelishi ham aniq’langan. Bundan tashq’ari, Candida avlodiga mansub zamburug’lar akril plastmassadan tayyorlangan olinuvchi protezlar ustida yaxshi o’sadi va protez ostida shilliq’ q’avatning surunkali yallig’lanishini keltirib chiq’aradi. O’tkir atrofik kandidoz kuchli og’riq’, achishish va og’izning q’urishi kabi belgilar bilan xarakterlanadi. Shilliq’ q’avat tiniq’ q’izil rangga kiradi, lekin q’uruq’ bo’ladi. Til zararlanganda malina rangiga kiradi, yaltiroq’, q’uruq’ bo’ladi, ipsimon so’rg’ichlari atrofiyalanadi. Karash bo’lmaydi yoki ba’zan chuq’ur buramalarda bo’lishi mumkin. U osilgan epiteliyning konglomerati hisoblanib, q’iyinchilik bilan ko’chadi va ko’p miq’dorda Candida zamburug’larini tutadi. Bu zamburug’lar faol kurtaklanish (misteliy, psevdomisteliy) davrida bo’ladi. O’tkir atrofik kandidozni protezlar plastmassasiga bo’ladigan allergik reaksiyalardan farq’lash lozim. Bu holatda protez olingandan so’ng shilliq’ q’avatdagi o’zgarishlar dinamikasini klinik kuzatish va bakterioskopik tekshirishni o’tkazish muhim rol o’ynaydi. Surunkali atrofik kandidozda ham protez taq’ib yurilganda, og’iz bo’shlig’ida q’urish, achishish, og’riq’ bo’ladi. Protez atrofidagi shilliq’ q’avat giperemiyalangan, shishli va og’riq’li bo’ladi. Uzoq’ vaq’t olinuvchi protezdan foydalanuvchi odamlarda surunkali atrofik kandidoz protez osti shilliq’ q’avatining zararlanishi (giperemiya, eroziyalar, papillomatoz) bilan xarakterlanadi va unga mikotik yallig’lanish hamda 211 kandidozli atrofik glossit (til malina rangida, yaltiroq’, q’uruq’, ipsimon so’rg’ichlari atrofiyalangan) q’o’shiladi. Oq’-kulrang karash kam miq’dorda faq’at chuq’ur buramalarda va tilning yon tomonlarida bo’lib, q’iyin ko’chadi. Mikroskop ostida karashda Candida zamburug’lari va sporalari topiladi. Bu triada (tanglay, til va og’iz burchaklarining yallig’lanishi) atrofik kandidozning xarakterli belgisi bo’lib, unga tashhis q’o’yishda q’iyinchilik tug’dirmaydi. Laboratoriya tashhisotida q’uyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Mikroskopik — patologik materialni (karash, organlar bo’laklari) mikroskop ostida (yorug’lik, lyuminesstent) tekshirish va psevdomiseliylarni topish; 2. Bakteriologik — materialni Saburo, tomatli yoki kartoshkali muhitga ekish va ajratilgan kulturani identifikasiyalash; 3. Serologik — kasal q’on zardobidagi AT ni topish uchun kandidoz AG bilan AR va KBR q’o’yish. Kandidozlarda etiologik bilan bir q’atorda patogenetik davolash ham o’tkazilishi lozim. Hozirgi vaq’tda Candida larning 50% dan ko’p shtammlari nistatinga, 70-75% levoringa chidamlidir. Asosiy kandidozga q’arshi preparatlar azol hosilalaridir - ketokonazol (nizoral), flukonazol (diflyukan, flyukostat), itrakonazol (orungal). Generalizastiyalangan jarayonlarda amfoteristin V va vorikonazol q’o’llaniladi. Immuntanq’isliklarda immunomodulyatorlar buyurilishi lozim. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling