Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


-rasm. Og’iz-halq’um bo’g’masi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   261
16-rasm. Og’iz-halq’um bo’g’masi. 
 
Bo’g’ma kechishining xususiyatlari bemorning yoshiga bog’liq’. 
Yoshi kichik bolalar va 30 yoshdan oshgan kattalarda bo’g’ma og’ir 
kechadi. 
17 - rasm. Halq’um bo’g’masi. 
 
Emlangan bolalarda bo’g’maning tavsifi. Emlangan bolalarda 
bo’g’maning 
hamma 
klinik 
shakllari 
ichida, 
og’iz-halq’um 


224 
bo’g’masining mahalliy (chegaralangan) shakli ko’proq’ uchraydi 
(taxminan 90%), jarayonning og’irlashishi va tarq’alishi kuzatilmaydi, 
asoratlarsiz, o’z-o’zidan tuzalib ketishi aniq’langan. Emlangan bolalarda 
bo’g’maning tomoq’dagi pardasi q’onamasdan engil olinadi va buyum 
oynachalari orasida q’isman eziladi. Emlangan bolalarda, emlanmagan 
bolalarga q’araganda, ko’proq’ og’iz-halq’um bo’g’masining klinik 
belgilari aniq’ namoyon bo’lmaydigan shakli kuzatiladi (17-rasm). 
Asfiksiya va zotiljam hiq’ildoq’ bo’g’masi asoratlari hisoblanadi. 
Bakteriologik tekshiruvlar og’iz-halq’um, burun shillig’i surtmalari 
va boshq’a joyda joylashgan o’choq’lar ajralmasidan bo’g’ma 
korinebakteriyalari kulturasini ajratib olish, geldagi presipitasiya 
reaksiyasi yordamida q’o’zg’atuvchining toksigen xossalarini o’rganish 
va biovarlarini (gravis, mitis, intermedius, biflantis) aniq’lash uchun 
uning biokimyoviy xossalarini o’rganishni o’z ichiga oladi (18-rasm).
18-rasm. C. diphteriae gravis (chapda), mitis (o’ngda) koloniyalari 
Patologik materialni olish uchun steril q’uruq’ tamponlar ishlatiladi, har 
xil joylarda joylashgan o’choq’lari uchun alohida tamponlardan 
foydalaniladi. Halq’umdan shilliq’ni ertalab och q’oringa yoki 
ovq’atlangandan keyin 2 soatdan kam bo’lmagan vaq’t ichida, chayish va 
mahalliy davolash usullarini q’o’llashdan oldin olish lozim. Namunani 
tanglay bodomcha bezlaridan, tanglaydan, hiq’ildoq’ning orq’a ustki 
q’ismidan ko’z bilan nazorat q’ilib turib, tamponni aylanma harakatlantirib, 
shpatel yordamida til bosilib turib olinadi. Tampon til, lunj va tishlarga tegib 


225 
ketmasligi shart. Bo’g’ma pardasi borligida material zararlangan va sog’lom 
to’q’imalar chegarasidan olinadi. Har bir tampon alohida steril probirkaga 
solinadi va u zich yopiladi. Bir odamdan olingan ashyoli probirkalar birga 
bog’lanadi, tamg’alanadi va ashyo olinganidan 2 soat o’tmasdan 
bakteriologik laboratoriyaga yuboriladi. 
Bo’g’ma korinebakteriyalari toksigenligini tasdiq’lovchi musbat 
javob 48-72 soatdan so’ng, manfiy javob 48 soatdan keyin beriladi. 95-
98% bemorlarda bo’g’ma tashhisi bakteriologik usul bilan tasdiq’lanadi.
Differenstial 
tashhisi. 
Mahalliy og’iz-halq’um bo’g’masini 
ko’pincha streptokokk va stafilokokkli etiologiyali lakunar va follikulyar 
aniginalardan farq’lash lozim bo’ladi. 
Angina o’tkir boshlanishi, 1-3 kunli prodromal davri va 
to’lq’insimon kechishi bilan ta’riflanadi. Streptokokkli anginada tana 
harorati ko’pincha yuq’ori, stafilokokkli anginada esa me’yorda yoki 
subfebril bo’lib, keyinchalik ko’tariladi. Harorat reaksiyasi mahalliy 
jarayonning kechish muddatiga mos keladi. Og’iz-halq’umning 
chegaralangan 
bo’g’masiga 
nisbatan 
intoksikasiya 
(ayniq’sa, 
streptokokkli anginada) jadalroq’ kechadi, uning simptomlari xilma-
xilroq’ bo’ladi. Masalan, anginada kuchli bosh og’rig’i, q’altirash, 
ko’pincha q’ayt q’ilish, alahlash, hayajonlanish, och q’izil rangli lunj, 
ko’z yaltirashi va lablarning q’urishi kuzatiladi. Yutganda og’riq’, 
regionar limfa tugunlarining q’attiq’ligi va og’riq’liligi anginada 
kuchliroq’ 
namoyon 
bo’ladi. 
Ko’pincha, 
ayniq’sa, 
angina 
q’aytalanganda, limfa tugunining reaksiyasi bodomcha bezlardagi 
jarayonlarga nisbatan kuchliroq’ kechadi. Bo’g’madan farq’li ravishda, 
bodomcha bezlarining har xil q’ismlaridagi infiltrasiya, shish va 
giperemiya bir xil namoyon bo’lmaydi, ularning usti va q’oplagan 
pardasi notekis bo’ladi, bir xil bo’lmaydi. Follikulyar anginada 
follikulalarning yiringli erishi (mikroabsesslar) kuzatilib, ularning 
yorilishi natijasida bodomcha bezlari ustiga yiring ajraladi, yangi 
mikroabsesslarni hosil bo’lishi tana haroratini oshishi bilan birga 
kechadi. Lakunar anginadagi parda nuq’tali, yo’l-yo’l bo’lib, ular bir-
birlari bilan q’o’shilib, har xil kattalikdagi va shakldagi orolchalar paydo 
q’iladi; parda lakuna yo’nalishda joylashgan, detrit va yiringdan tashkil 


226 
topgan, yumshoq’, engil olinadigan va buyum oynachalari orasida 
eziladigan bo’ladi. Parda bodomcha bezlari yuzasi bo’ylab tarq’alganda 
ularning q’alinligi bir xil bo’lmay, lakunalar ustida q’alinroq’ bo’ladi. 
Bunday parda konsistensiyasi, rangi, q’alinligi bo’yicha har xil, ustki 
q’ismi notekis bo’ladi, zich q’ismlaridan olishda q’on ketish kuzatiladi, 
ular buyum oynachalari orasida ezilmaydi. Lakunar-follikulyar anginada 
bodomcha bezlari yallig’lanish reaksiyalarining ikkala turi birga 
uchraydi. O’tkir respirator virusli infeksiyalar fonida rivojlanuvchi 
stafilokokkli anginada, soxta pardali karash shakllanishi mumkin, u usti 
tekis, yaxlit, asosan yumshoq’ bo’lib, ba’zan bodomcha bezlari 
chegarasidan ham kengroq’q’a tarq’aladi. 
Keng tarq’algan og’iz-halq’um bo’g’masini Simanovskiy-Plaut-
Vensen anginasi, og’iz-halq’um shilliq’ q’avatlarining kuyishi va 
stomatitlardan farq’lash lozim. Simanovskiy-Plaut-Vensen anginasida 
tana harorati ko’pincha subfebril bo’ladi, intoksikasiya va yutishdagi 
og’riq’ yaq’q’ol namoyon bo’lmaydi, bodomcha bezlarining yuq’ori 
q’utbida va tanglayda o’yilgansimon yara joylashgan bo’lib, yumshoq’ 
suzmasimon massa bilan q’oplangan bo’ladi.
Og’iz-halq’um shilliq’ q’avati kuyganda nekrotik karash asosan 
lablar, til, tanglay, tilcha va hiq’ildoq’ orq’a ustki q’ismida joylashadi. 
Bodomcha bezlari sohasida nekrozlar kam bo’ladi yoki bo’lmaydi. 
Stomatit bo’g’madan farq’li o’laroq’ uzoq’ davom etuvchi 
isitmalash, so’lak oq’ishi, kuchli og’riq’, og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati, 
shu jumladan bodomcha bezlarida ko’pgina aftoz elementlar borligi 
bilan tavsiflanadi. Aftoz elementlar yumaloq’ tekis nekrotik pilakchalar 
ko’rinishida bo’lib, atrofi giperemiyali halq’a bilan o’ralgan bo’ladi. 
Og’ir hollarda bu pilakchalar kengayib, katta sohada nekroz kuzatiladi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling