Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


-rasm. Og’iz bo’shlig’i listeriozi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   261
20-rasm. Og’iz bo’shlig’i listeriozi. 
Q’o’zg’atuvchi bodomcha bezlari orq’ali ham kirishi mumkinligini 
tonzillitning rivojlanishi va regionar limfa tugunlarining zararlanishi 
isbotlaydi (20-rasm). 
Listerioz bilan ko’pincha bir yoshgacha bo’lgan bolalar va 55 
yoshdan katta odamlar kasallanadi. Kasallikni yuzaga kelishiga immun 
tizimni 
susaytiruvchi 
holatlar 
(uzoq’ 
vaq’t 
kortikosteroid, 
immunodepressantlar q’abul q’ilish, o’sma, q’andli diabet, OIV-kasalligi 
va boshq’a kasalliklar bilan kasallanish) ahamiyatga egadir. 
Q’o’zg’atuvchi q’onga tushganida o’tkir isitmalash holati yuzaga keladi. 
Keyinchalik q’o’zg’atuvchi retikuloendotelial tizim a’zolariga (jigar, 
taloq’, limfa tugunlari) va asab tizimiga borib joylashadi. Asab tizimi 
shikastlanganda meningit va meningoenstefalit rivojlanadi. Listeriyalar 
uzoq’ vaq’t buyrakda saq’lanib q’oladi. Buyraklarida listeriyalar 
saq’lanib q’olgan ayol homilador bo’lganda, homilani ona q’ornida 
zararlanish ehtimoli juda kattadir.
Simptomlari va kechishi. Yashirin davri 2-4 hafta davom etadi. 
Kechishi bo’yicha o’tkir, o’tkir osti va surunkali shakllari tavofut 
q’ilinadi.O’tkir shakli to’satdan boshlanadi, q’altirash bilan tana harorati 


229 
oshadi, umumiy intoksikasiya simptomlari (bosh og’rig’i, uyq’usizlik, 
mushaklarda og’riq’lar, serjahllik, ishtaha yo’q’olishi) yuzaga keladi. 
Kasallik ko’pincha ekzantema bilan kechadi (keng dog’li yoki 
eritematoz toshma katta bo’g’imlar sohasida ko’proq’, ayrim hollarda, 
yuzda kapalak shakli ko’rinishida hosil bo’ladi). Bezli shakllarida, sanab 
o’tilgan simptomlardan tashq’ari, limfa tugunlarining (jag’ osti, bo’yin, 
q’o’ltiq’ osti, mezenterial) kattalashishi va og’rishi kuzatiladi. 
Listeriozning asab tizimi bilan bog’liq’ shakllarida meningial 
simptomlar yuzaga keladi (ushbu shakli listerioz tashhisi bakteriologik 
tasdiq’langan 75% bolalarda kuzatiladi). Kering, Brudzinskiy 
simptomlari, ensa mushaklari rigidligi kuzatiladi. Orq’a miya suyuq’ligi 
bosim bilan chiq’adi, oq’sillarning q’isman ko’payishi va stitoz 
aniq’lanadi. Glyukoza va xloridlar miq’dori o’zgarmaydi. Enstefalit 
simptomlari kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda, listeriozning klinik 
ko’rinishida o’tkir gastroenterit, o’tkir pielit, o’tkir endokardit 
simptomlari birinchi o’ringa chiq’adi. Listeriozning o’tkir shakllarida 
ko’pincha jigar va taloq’ kattalashadi. Haroratning ko’tarilishi 3 kundan 
2 haftagacha davom etadi va o’zgarib turadi. 
Tashhisi va differenstial tashhisi. Klinik belgilar bo’yicha tashhis 
q’o’yish juda mushkul. Tashhis laborator tekshirish usullari yordamida 
tasdiq’lanishi lozim. Bakteriologik usul bilan q’on, halq’um yuvindilari, 
orq’a miya suyuq’ligi, homila atrofi suvi, yo’ldosh, o’lik tug’ilgan 
chaq’aloq’lar va o’lganlarning a’zolari tekshiriladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling