Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Silda og’iz bo’shlig’idagi o’zgarishlar
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Silda og’iz bo’shlig’idagi o’zgarishlar. Og’iz bo’shlig’ining sil
bilan zararlanishi – mikobakteriyalarning endogen, limfo- va gematogen yo’llar bilan tarq’alishidan kelib chiq’adi (21-rasm). Eng ko’p uchraydigan sil shakli - bu teri sili (volchanka) va yarali sil hisoblanadi. Kam hollarda, yakka holdagi sil bo’rtmalari (“sovuq’ absesslar”) - shilliq’ q’avatdagi kollikvativ silning bir ko’rinishi va juda kam hollarda – indurativ eritema va birlamchi sil yarasi kuzatiladi. 230 21-rasm. Balg’amdan tayyorlangan surtmadagi M. tuberculosis (Цil- Nilsen bo’yicha bo’yalgan). Birlamchi sil yarasi 2-3 yoshli bolalarda mikobakteriyalarning kichik jarohatlar va kariozli tishlar orq’ali kirishi natijasida yuzaga keladi. Zararlanishlar asosan til yoki milklarda joylashgan bo’lib, katta bo’lmagan infiltrat va sirtq’i limfoadenopatiya bilan birgalikda o’ziga xos birlamchi sil kompleksini tashkil q’iladi. Keyinchalik yara chuq’urlashadi, limfa tugunlari yumshaydi va yiringlaydi. Hiq’ildoq’ va og’iz bo’shlig’i sili bronxlar, traxeya, yuq’ori nafas olish yo’llari kasalliklari guruhiga mansubdir. Hiq’ildoq’ va og’iz bo’shlig’i sili o’pka va ko’krak ichi limfa tugunlari sillarining birlamchi va ikkilamchi shakllarining asorati sifatida uchraydi. Og’iz bo’shlig’ining birlamchi silida sil mikobakteriyalari oldin sil bilan zararlanmagan va sil mikobakteriyalariga orttirilgan immuniteti bo’lmagan bemorlarning shilliq’ q’avati orq’ali kirishi mumkin. Bunda sil bo’rtmachasi og’iz bo’shlig’i limfoid to’q’imasida yuzaga kelib, limfa tugunlariga drenaj hosil q’iladi (oshq’ozon-ichak yo’lida hosil bo’ladiganga o’xshash). Ikkilamchi silda og’iz bo’shlig’ining zararlanishlari ko’pincha faol surunkali o’pka sili bor bemorlarda uchraydi, bunda mikobakteriyalar ko’p miq’dorda balg’am bilan ajraladi va og’iz bo’shlig’ining shilliq’ q’avatiga kiradi. Ba’zan og’iz bo’shlig’i sili - o’pkadagi simptomsiz, faol surunkali disseminirlangan silning birinchi belgisi bo’lishi mumkin (22-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling